Dunyoda

Olma-Ota viloyatida tartibsizliklar: bir oʻsmir ogʻir ahvolda

© IA "Novosti-Kazaxstan", Anatoliy UstinenkoRabota politsii Kazaxstana
Rabota politsii Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Ommaviy janjal oqibatida bosh suyagi sinib, ogʻir jarohat olgan oʻsmir Olma-Ota shahar shifoxonasida davolanmoqda.
TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Olma-Ota viloyati Sogʻliqni saqlash boʻlimi xabarig koʻra, Pidjim qishlogʻida boʻlib oʻtgan tartibsizliklardan soʻng 16 yoshli oʻsmir ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga koʻra, 2005 yilda tugʻilgan oʻsmirning bosh suyagi sinish ochiq jarohati bilan 27 oktyabr kuni Panfilov nomidagi koʻp profilli shifoxonagay joylashtirilgan. Bemorning umumiy ahvoli ogʻir.
Viloyat politsiyasi xabariga koʻra, maktab oʻquvchisi ushbu ogʻir jarohatni oʻquvchilar orasida sodir boʻlgan janjal oqibatida olgan. Ushbu holat yuzasidan Qozogʻiston Respublikasi JKning 106 moddasi 2-boʻlimi “Sogʻligʻiga qasddan ogʻir jarohat yetkazish” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Barcha gumonlanuvchilar hibsga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan videolavhalarga koʻra, maktab hovlisida boʻliboʻtgan janjaldan soʻng Pidjim qishlogʻida qozoq va uygʻur millati vakillari orasida tartibsizliklar sodir boʻlgan. Bir necha uylar, moshinalarning oynalari sindirilgan.
Qozogʻiston Xalqlar assambleyasining rasmiy vakili Mayya Bekbayeva aytishiga koʻra, Olma-Ota viloyati Penjim qishlogʻida millatlararo mojaro sodir boʻlmagan.
“Qishloq aholisi orasida millatlararo mojaro sodir boʻlgani yoʻq. Mahalliy aholi qozoqlar va uygʻurlar – doʻst va qoʻshnilar. Ularning barchasi tinch xotirjam hayot kechirishni istaydi”, - dedi rasmiy vakil.
Bekbayeva aytishiga koʻra, mahalliy aholi maktabda sodir boʻlgan mojarodan soʻng toʻplangan. Ayrim yoshlar, “provokatorlar taʼsiri ostida” mahalliy aholi uylariga tosh otgan. Lekin hozir u yerda vaziyat tinch va huquqni saqlash organlari nazorati ostida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala