Sport

Oʻzbekiston Pekinda qishki sportning faqat bir turi boʻyicha ishtirok etadi

© Sputnik / Artur Lebedev / Fotobankka oʻtishGornыe lыji
Gornыe lыji - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Xitoyda 4-20 fevral kunlari boʻlib oʻtadigan qishki Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston faqat togʻ changʻisi boʻyicha ishtirok etishni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Qishki Olimpiadaga 100 kun qolganda Oʻzbekiston oʻz ishtirok etish rejasiga aniqlik kiritdi. Sport vazirligi xabariga koʻra musobaqada faqat changʻichilar ishtirok etadi.
Ayni damda toʻrt nafar sportchilar Avstriyadagi togʻ changʻisi sport maskanida tayyorlik koʻrishmoqda. Ulardan ikki nafar eng kuchlisi qishki Olimpiada oʻyinlariga yoʻl oladi, deb maʼlum qildi vazirlik.
Biroz oldin MOQ Pekinga short-trek va figurali uchish boʻyicha ham sportchilarni yuborishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan edi. Lekin keyinchalik qoʻmita togʻ changʻisi yoʻnalishi boʻyicha sportchilar tayyorgarligi yaxshiroq boʻlgani sababli sportning faqat shu turi boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishga qaror qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Xitoy poytaxtida 2022 yilning 4 - 20 fevral kunlari boʻlib oʻtadigan XXIV Qishki Olimpiya oʻyinlarida sportning 15 turi boʻyicha 109 juft medallar taqdim etiladi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalarda xorijiy tomoshabinlar ishtirok etmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala