Siyosat

Oʻzbekiston va Tojikiston xavfli yuklar tranziti boʻyicha kelishuvni maʼqulladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGornaya trassa v Boysunskom rayone
Gornaya trassa v Boysunskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Mazkur hujjat qoʻshni mamlakatlarning doʻstona aloqalarini mustahkamlanishi va kengayishiga xizmat qiladi
TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Tojikiston Oʻzbekiston bilan ayrim yuklar tranziti boʻyicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Tojikiston qyyi palatasi xabar bermoqda.
Tojikiston quyi palatasining navbatdan tashqari yigʻilishida Oʻzbekiston va Tojikiston hukumatlari oʻrtasida xavfli boʻlgan yuklarni Oʻzbekiston orqali tashish tranziti boʻyicha kelishuv imzolangan.
Qayd etilishicha, hujjat davlatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar va hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash, kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Bitim xavfli yuklarni Tojikistonga olib kirishning muqobil usullaridan biriga aylanadi hamda tadbirkorlik subʼyektlarining uzluksiz ishlab borishini taʼminlaydi. Shuningdek, bu qoʻshni davlat iqtisodiyoti rivoji uchun xizmat qiladi.
V Samarkande obsujdenы demarkatsionnыe rabotы na linii tadjiksko-uzbekskoy gosudarstvennoy granitsы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Siyosat
Samarqandda Oʻzbekiston-Tojikiston demarkatsiya komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Xavfli yuklar — texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obʼyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar kiradi
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda alohida xavfli yuklarni avtotransportda tashishda IIV hududiy organlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma, ichki ishlar organlarining qurolli soqchilari, hududiy YHXBlarning avtomotransport vositalari hamrohligi talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala