Jamiyat

Oʻzbekistonda bir qator tuman hokimlari “vaqt mashinasi ixtiro qilishdi”

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Taxiatosh, Boysun, Boʻston va Termiz tumani hokimlari qarorlarni oʻtib ketgan sana bilan imzolashgan.
TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqda bir qator tumanlar hokimlari tomonidan imzolangan xalq deputatlari Kengashlarini majlisga chaqirish toʻgʻrisidagi qarorlari oʻtib ketgan sanaga toʻgʻri kelgani koʻrsatilgan xabarlar tarqaldi. Bunga OʻzA direktor oʻrinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev eʼtibor qaratdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimi I.Matkarimov 5 oktyabrda qaror chiqarib, Xalq deputatlari tuman Kengashining majlisini 4 oktyabr kuniga;
Surxondaryo vilochyati Boysun tumani hokimi A.Joʻrayev 13 oktyabrda qaror chiqarib, deputatlar majlisini 11 oktyabrga;
Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi v.b. S.Nosirova esa 13 oktyabrda qaror chiqarib, 9 oktyabrga deputatlar majlisini chaqirgan.
Shuningdek, Termiz tumani hokimi SH.Oʻrinov 25 oktyabrdagi qarori bilan, deputatlar majlisini 21 oktyabrga chaqiradi.
Surxondaryo viloyatining Termiz va Boysun tumani hokimliklari ushbu holat yuzasidan izoh berishdi.
Termiz tumani hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, haqiqatdan ham tuman hokimining sessiya chaqirish toʻgʻrisidagi qarori 21 oktyabr kuniga belgilangan boʻlsada, bu haqda 25 oktyabr kuni qaror qabul qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, ishga yangi qabul qilingan xodim tomonidan masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyilib, qaror loyihasi rahbarga imzolash uchun kech kiritilgan.
“Yuqoridagi holatga yoʻl qoʻygan masʼul xodimga nisbatan amaldagi qonunlar asosida chora koʻrilishi taʼminlanib, kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilganligini maʼlum qilamiz”, - deyiladi xabarda.
Boysun tumani hokimligi bu xabarga munosabat bildirib, haqiqatdan 13 oktyabrdagi qaror bilan 11 oktyabr kuniga sessiya chaqirilganini tan olgan.
Bunga aybdor qilib masʼul xodim koʻrsatilgan. Yaʼni, masʼul xodimning eʼtiborsizligi tufayli tayyorlangan qaror loyihasi kechiktirib elektron dasturga kiritilgan.
Hokimlik masʼul xodimga intizomiy chora qoʻllanganini, kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻyilmasligini bildirgan.
Papka s dokumentami  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Siyosat
Hokim va ularning oʻrinbosarlari reytingi eʼlon qilindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala