Iqtisod

Oʻzbekistonda elektromobillar importi bir necha barobarga oshdi

© Tesla Motors / Fotobankka oʻtishKompaniya Tesla predstavila novыe modeli elektromobiley
Kompaniya Tesla predstavila novыe modeli elektromobiley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Statistika qoʻmitasi xabariga koʻra, mamlakatda elektromobillar importi qariyb 7 baravarga oshgan
TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda toʻqqiz oy davomida 558 ta elektromobil import qilingan.
Oʻzbekistonda 2021- yilning yanvar-sentyabr oylarida elektromobillar importi qariyb 7 baravarga oshgan. Toʻqqizta xorijiy davlatdan qiymati 10,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 558 ta elektromobil import qilingan.
Avtomobili Tesla - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Analitika
“Ulov degani quvvatli boʻlsa-da”: Oʻzbekistonda elektromobillar qanchalik xaridorgir?
Elektromobil importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 476 taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda Oʻzbekistonga xorijdan jami 131 ta elektromobil import qilingan. 2018 yilda bu koʻrsatkich – 13 tani, 2019 yilda – 39 tani tashkil qilgan edi.
Oʻzbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
Xitoy – 499 ta; Turkiya – 24 ta; Litva – 13 ta; Germaniya – 8 ta; AQSH – 6 ta; Koreya – 5 ta; Ispaniya – 1 ta; Rossiya – 1 ta; Gongkong – 1 ta.
2021- yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston xorijdan 57 ta elektromobil import qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala