Jamiyat

Oʻzbekistonda kovidning xavfliroq “AY.4.2” shtammi tarqalishi xavfi bormi?

© Pixabay / ELG21 Mujchina v zaщitnoy maske, illyustrativnoye foto
Mujchina v zaщitnoy maske, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Koronavirus qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan SARS-CoV-2 virusi vaqt oʻtishi bilan yangilanib, atrof-muhitga moslashib bormoqda.
TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Koronavirusning yangi xavfliroq “AY.4.2” shtammi qator davlatlar aniqlandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari Nurmat Otabekov bu shtammning Oʻzbekistonga qanchalik kirib kelishi va aholi orasida tarqalish xavfi borligi, unga qarshi kurashish uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida maʼlum berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, koronavirus qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan SARS-CoV-2 virusi vaqt oʻtishi bilan yangilanib, atrof-muhitga moslashib bormoqda. Baʼzi tadqiqotchilar SARS-CoV-2ning 5000 tadan 7000 tagacha boʻlgan mutatsiyaga uchragan shakli borligini aytishmoqda.
Otabekov fuqarolar orasida “menga virus yuqmaydi”, “men oʻtgan yili kasallanganman”, "endi kasal boʻlmayman", deb yurganlar yangi, kuchli, odam organizmiga moslashgan shtammlarga yoʻliqishi ehtimoli borligini taʼkidladi.
Mutaxassis dunyo olimlari tomonidan yaratilayotgan vaktsinalar virus shtammlarining asosida turgan SARS-CoV-2ga qarshi ishlashini maʼlum qildi. Virus mutatsiyaga uchragan taqdirda ham, vaktsinaning himoyalovchi xususiyati saqlanib qoladi.
“Koronavirusning qaysi shtammiga qarshi kurashishdan qatʼi nazar, ommaviy immunitet shakllantirilsa, kasallikni yengib oʻtish mumkin. Biz xastalik qoʻzgʻatuvchisini bilamiz. Uning profilaktikasidan xabardormiz. Eng asosiysi, bizda virusga qarshi asosiy qurol boʻlgan vaktsinalarning bir necha turlari zaxirasi shakllantirilgan. Shunday ekan, aholimizdan birdamlik bilan vaktsinatsiya jarayonlariga eʼtiborli boʻlishni soʻrab qolamiz”, - deya xulosa qildi Nurmat Otabekov.
SSV maʼlumotlariga koʻra, 2021 yil 27 oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 184 905 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan jami 180 591 nafari sogʻayib ketgan. 1316 bemor virus qurboniga aylangan.
Mamlakatda jami 25,6 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaktsina qoʻllanilgan.
Devushka s mobilnikom v glavnom torgovom rayone Uxanya cherez god posle nachala vspыshki koronavirusa, Kitay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Dunyoda
Olimlar koronavirus sababli umr koʻrish davomiyligi keskin pasayganligini aniqladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala