O‘zbekistonda masofadan turib boshqariladigan pulemot ishlab chiqarildi – video

© Goskomitet po oboronnoy promishlennosti RUzDistansionno upravlyayemiy boyevoy modul na baze pulemeta "Utes"
Distansionno upravlyayemiy boyevoy modul na baze pulemeta Utes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalardan birida masofadan boshqariladigan jangovar modul ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga qarashli korxonalarda masofadan boshqariladigan yirik kalibrli pulemot namunasi ishlab chiqarildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, masofadan boshqariladigan jangovar modul ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.
Xususan, soha mutaxassislari mahsulotning barcha konstruktorlik-texnik hujjatlarini ishlab chiqishgan. Ular asosida yirik kalibrli pulemot hamda zamonaviy elektron-optik kuzatuv va nishonga olish moslamalari bilan jihozlangan jangovar modulning tajriba namunasi ishlab chiqilgan.
“Shu kunlarda zavod sinovlaridan o‘tkazilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Mazkur pulemotni zirhli harbiy texnikalarga ham o‘rnatsa bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda “Tarlon” yengil zirhlangan avtomobili sinovdan o‘tkazilayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Yangiliklar lentasi
0