O‘zbekistonga avtobus olib kirib, sotib yuborgan fuqaroga yarim milliard jarima belgilanmoqda

© Unsplash / Hobi industriAvtobus, illyustrativnoe foto
Avtobus, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Avtobus olib chiqilmagani aniqlangach, mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida tadbirlar olib boirlagnda avtobus alohida qismlarga ajratilgan holda sotib yuborilganligi aniqlangan.
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. O‘zbekiston bojxona xizmati xodimlari Qonunchilik talablarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishni fosh etishdi.
Xabarda aytilishicha, 2019-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi “SETRA 422215HD” rusumli avtobus olib kirilgan.
“Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatnoma” asosida olib kirilgan bo‘lib, hozirgi ushbu transport shu kunga qadar qaytarib olib chiqib ketilmagani aniqlangan.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida avtobus alohida qismlarga ajratilgan holda sotib yuborilganligi aniqlangan.
Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra ushbu avtotransport vositasiga 541 854 128 so‘mlik bojxona to‘lovlari to‘lanishi lozim.
Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Transport vositalarining bojxona chegaralari orqali vaqtincha olib kirilishi va belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilishi ustidan bojxona organlari tomonidan nazorat mexanizmlari ishlab chiqilgan.
Jumladan, Respublikadagi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston hududida transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatida, lekin olib kirilgan sanadan e’tiboran to‘qson kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilingan holda bo‘lishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0