Jamiyat

Qashqadaryoda gaz balloni portlashi oqbitida “Nexia” yoʻq boʻlib ketdi

vzrыv gaz ballona  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Hodisa oqibatida avtomobil haydovchisi va unda boʻlgan yoʻlovchi ogʻir tan jarohati olishgan
TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Qashqadaryo viloyatida “Nexia” avtomobilining gaz balonida portladi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 27 oktyabr kuni, soat 13:30 da viloyatning Chiroqchi tumanida joylashgan “Fayz” choyxona binosining roʻparasida roʻy bergan. U yerda toʻxtab turgan “Nexia” avtomobiliga oʻrnatilgan gaz ballon portlab ketgan.
Buning oqibatida avtomobil ichida boʻlgan 2002 yilda tugʻilgan haydovchi va 1 nafar avtomobil yoʻlovchisi ogʻir tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Ayni vaqtda viloyat IIB, FVB va prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala