Rossiyada narkotik savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik aka-uka qo‘lga olindi

© SputnikNaruchniki visat na dvernoy ruchke
Naruchniki visat na dvernoy ruchke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Keyinchalik, bir guruh shaxslar tarkibida harakatlarni amalga oshirgan aka-uka Kirov viloyati hududida narkotik moddalarni noqonuniy pullash bilan shug‘ullangan.
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Rossiyaning Kirov viloyatida katta miqdorda narkotik moddalarni pullashga uringan o‘zbekistonlik aka-ukaga sud hukmi o‘qildi va ularning har biri olti yillik qamoqqa mahkum etildi.
Bu haqda Kirov viloyati Sloboda tumanlararo prokuraturasi xabar berdi.
Sudda aniqlik kiritilishicha, 2020-yilning kuzida sudlangan 23 yashar o‘zbekistonlik Internet tarmog‘i orqali oldindan kelishgan holda "maxfiy-tuynuklar"orqali katta miqdordagi sintetik narkotik moddalarni xarid qilgan.
Unichtojenie  nezakonnix narkoticheskix veshestv, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
O‘zbekistonga qariyb 100 kilo narkotik olib kirmoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi
U noqonuniy savdo-sotiqqa o‘zining 28 yashar akasini ham jalb qilgan.
Keyinchalik, bir guruh shaxslar tarkibida harakatlarni amalga oshirgan aka-uka Kirov viloyati hududida narkotik moddalarni noqonuniy pullash bilan shug‘ullangan.
Guruh og‘irligi 40 gr dan kam bo‘lmagan sintetik narkotikning navbatdagi partiyasini xarid qilishga uringan vaqti huquq tartibot organlari tomonidan jinoiy faoliyatning oldi olingan.
Ayblari dalillangan sudlanuvchilarning har biriga olti yil qamoq jazosi berilgan.
Sudlanganlar qat’iy tartibdagi koloniyada jazor muddatini o‘tashadi.
Yangiliklar lentasi
0