Jamiyat

Saida Mirziyoyeva zoʻrlanishiga bir bahya qolgan qiz voqeasiga munosabat bildirdi

Saida Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Saida Mirziyoyeva Nizomiy pedagogika universitetining talabasiga nisbatan, kuch ishlatib, zoʻrlamoqchi boʻlgan dekan oʻrinbosari voqeasiga oʻz firklarini bildirdi
TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Gender tenglikni taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi aʼzosi, Milliy mass-media fondi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva Ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasini fakultet dekan oʻrinbosari zoʻrlamoqchi boʻlib, soʻng 2-qavat derazasidan itarib yuborilgani aytilayotgan holatga munosabat bildirdi.
“Mening fikrimcha, qiz-ayollarning huquqlarini himoya qiluvchi bunday OAV faoliyati – bu juda katta baxtdir. Adolatsizlik va jinsiy tahqirlashga toqat qilishni istamaydiganlarning soʻnggi umididir. Fond ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan bunday ommaviy axborot vositalarini olqishlashi va jihatdan qoʻllab-quvvatlashini taʼkidlamoqchiman”, – dedi Saida Mirziyoyeva.
Devushka vo vremya dojdya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Hodisalar
Toshkentda dekan oʻrinbosari yordam soʻrab kirgan talaba qizni zoʻrlashga urindi - tafsilotlar
U shuningdek, mazkur holatni, Oʻzbekistonda zoʻravonlikka qarshi mustaqil axborot loyihasi – “Nemolchi.uz” saytidan xabar topganligini maʼlum qilgan.
“Lekin jamoatchilikka oshkor etilayotgan bu kabi holatlar dengizdan tomchi ekanini barchamiz anglab turibmiz. Albatta, bu haqda ochiq gapirishga jazm qilgan qizlarning jasorati va qatʼiyati tahsinga sazovor. Biroq tazʼyiq va nohaqlik haqida baralla gapira olmay, dardu hasratini mashʼum kabinetlar hamda xotirasining uzoq burchaklariga dafn etganlar qancha! Jabrdiydaning oʻzini ayblab, tergovni “yopti-yopti” qilib yuborilgan holatlar qancha! Qanchadan-qancha jinoyatchilar ojizani murosaga koʻndirgani yoki qoʻrqitib qoʻygani uchun suvdan quruq chiqqan?”, – deya murojaat qildi u.
Tashkentskiy gosudarstvennыy pedagogicheskiy universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Jamiyat
Pedagogika universiteti rahbariyatiga nisbatan qatʼiy choralar koʻriladi – vazirlik
"Ayni kunlarda bu haqda tinimsiz oʻylayapman. Biz bu borada Senat, Bosh prokuratura, IIV va OAVning harakatini birlashtiradigan yirik loyihaga muhtojmiz. Aybdorlar javobgarlikdan qocha olmasligi uchun bunday hodisalarning har biri jamoatchilikka oshkor qilinishi shart. Zoʻravonlik qurbonlari ularning nidosini eshitadiganlar va yordam beradiganlar borligiga ishonchi komil boʻlishi, zoʻravonlar esa jazo muqarrar ekanligini anglashi zarur", – deya taʼkidladi Mirziyoyeva
"Shunda nafaqat oʻqishdan haydash yoki boshqa bahonalar bilan OTM talaba qizlariga tahdid qilishga, balki istalgan boshqa joyda ham lavozim va mavqeini suisteʼmol qilish bilan qonunni buzishga yoʻl qoʻyilmaydi", – deb oʻz soʻzlarini yakunladi.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Zulfiya" mukofoti olish uchun dekan oʻrinbosarini oldiga kirgan qizga, avvaliga shilqimlik qilingan, soʻngra ojiza 2 qavatdan uloqtirilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mazkur hodisa oqibatida shifokorlar, jabrdiyda, tos suyagi sinishi, gematomalar va miya chayqalishi tashhisini qoʻyishgan.
Hozirda dekan oʻrinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddaning birinchi qismi va 118-moddaning birinchi qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala