Hodisalar

Toshkent davlat texnika universiteti hududida yongʻin roʻy berdi

© Unsplash / Adam Wilson Pojar, illyustrativnoye foto
Pojar, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Hodisa oqibatida aholi va talabalar jabrlanmagan
TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Toshkent davlat texnika universitetining oshxonasida kuchli yongʻin chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Yongʻin haqidagi xabar bugun, 28 oktyabr kuni, soat 13:50 da shahar FVBga xabar kelib tushgan.
FVV maʼlumotiga qaraganda, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 13:50 da yetib borgan. Yongʻin soat 14:03 da qurshab olingan va soat 14:09 da bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida oshxonaning taxminan 120 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala