Iqtisod

Xorijiy valyutada yuqori foizda kredit olgan tadbirkorlarga yordam beriladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Ayrim kritiyeriylarga mos keladigan xorijiy valyutada olingan kreditlar foizlarini toʻlashda tadbirkorlarga davlat jamgʻarmasidan yordam beriladi.
TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga oʻtkazilganda kompensatsiya beriladi. Bu haqida 27 oktyabr kuni qabul qilingan 5268-sonli prezident qarorida aytib oʻtilgan.
Qarorga koʻra, xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga oʻtkazilishida quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ekvivalenti 1 million AQSH dollaridan oshmasligi;
foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmasligi kerak.
Ana shunday kreditlar foizining maʼlum qismini qoplash boʻyicha davlat jamgʻarmasidan yordam beriladi.
"Asosiy stavkadan oshadigan, lekin 5 %dan koʻp boʻlmagan qismi boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya taqdim etiladi", - deyilgan xabarda.
Undan tashqari, 2021 yil 1 noyabrdan Oʻzbekiston nomidan chet el valyutasida tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan kreditlar (qarzlar) loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga 10 yildan kam boʻlmagan muddatga yoki ular jalb qilingan muddatga qayta kreditlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala