Jamiyat

Navoiyda baliqlarning ommaviy zaharlanishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

© Press-slujba Goskomekologii RUzMassovыy zamor rыbы proizoshel na uchastke reki Zarafshan
Massovыy zamor rыbы proizoshel na uchastke reki Zarafshan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Prokuratura tekshiruvi natijalari, Zarafshon daryosiga azot ammoniy, nitrit va boshqa kimyoviy moddalar meʼyoridan ortiqcha miqdorda oqizilganligi oqibatida daryodagi koʻplab baliqlar nobud boʻlganligini koʻrsatdi.
TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Zarafshon daryosining "Navoiyazot" yaqinidagi hududida ommaviy zaharlanish yuzaga kelib, baliqlar nobud boʻlganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-moddasi (Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Baliqlarning ommaviy zaharlanishi

Bundan bir muncha vaqt ilgari Zarafshon daryosining Karmana tumanidan oqib oʻtuvchi qismida suvning rangi biroz oʻzgargani, baliqlar nobud boʻlayotgani kuzatilgan edi. Shundan soʻng Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari rahbarligida tashkil etilgan tezkor ishchi guruh tomonidan bu holatning sababi atroflicha oʻrganildi.
Massovыy zamor rыbы proizoshel na uchastke reki Zarafshan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Hodisalar
Navoiyda minglab baliqlar nobud boʻldi - aybdorlar aniqlanmadi
Oʻrganish davomida boshqarmaning Analitik laboratoriya masʼul xodimlari, Karmana tumani Ekologiya inspektsiyasi davlat inspektorlari, viloyat Veterinariya laboratoriyasi va “Navoiyazot” AJning Sanitar labarotoriyasi mutaxassislari hamkorligida daryoning 5 ta nuqtasidan tahlil namunalari olindi.
Natijada “Navoiyazot” AJ ga qarashli (1-tashlama) 267-quduqdan azot ammoniy 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba belgilangan meʼyorlardan yuqoriligi hamda daryoda ommaviy zaharlanish yuzaga kelganligi aniqlandi.

Prokuratura tekshiruvi

Ushbu holat boʻyicha viloyat prokuraturasi tomonidan tegishli soha mutaxassislari jalb qilingan holda keng qamrovli tekshiruv oʻtkazildi.
Bu jarayonda sanoat korxonalaridan Zarafshon daryosiga oqizilgan chiqindi suvlar tarkibi va nobud boʻlgan baliqlarda maxsus laboratoriya va ekspertiza tahlillari oʻtkazilib, tegishli xulosalar olindi va boshqa holatlar atroflicha oʻrganildi.
Tekshiruv natijalari, Zarafshon daryosiga azot ammoniy, nitrit va boshqa kimyoviy moddalar meʼyoridan ortiqcha miqdorda oqizilganligi oqibatida daryodagi koʻplab baliqlar nobud boʻlganligini koʻrsatdi.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan joriy yil 28 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 196-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala