Dunyoda

Guantanamo mahbusi: “Men oʻlib qolaman deb oʻylaganman”

© RIA Novosti . Denis Voroshilov"Guantanamo: tyurma na Ostrove Svobodы, ojidayuщaya zakrыtiya"
Guantanamo: tyurma na Ostrove Svobodы, ojidayuщaya zakrыtiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Guantanamo mahbusi AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi qiynoqlari haqida gapirib berdi
TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. “Al-Qoida” terorristik guruhlarga yordam qoʻlini choʻzgan AQShning Kubadagi Guantanamo hibsxonasi mahbusi AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) soʻroq vaqtida qanday qiynoq usullarini qoʻllangani haqida ilk bor hikoya qilib berdi. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligiga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
Majid Xon sud majlisida harbiy jinoyatlari uchun oʻqilgan hukm qayta koʻrib chiqilayotgan paytda, MRBg tergovchilari tomonidan idoraning mahfiy joylarida tahqirlanib kelgan.
Mahbusning aytishiga qaraganda, uni bir necha kunlarga xona shiftidagi yogʻochlarga osib qoʻyishgan, uxlab qolishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ustiga muzday suv sepish amaliyotini qoʻllashgan, ochlik bilan tinkasini quritishgan, u shuningdek, muntazam doʻpposlangan va hattoki zoʻrlangan.
Bularning hammasi joylashuvi sir tutilgan har xil hibsxonalarda yuz bergan.
“Men, oʻlib qolaman”, – deb oʻylaganman dedi u, sud majlisida.
Nashrning maʼlum qilishicha, Guantanoma hibsxonasidagi “oʻta xavfli mahbus” ning ilk bora, sud majlisida boshidan oʻtkazgan “kuchli soʻroq” hikoyasini soʻzlab berish imkoniyati tugʻilgani tarixda birinchi bor boʻldi.
Nashrning maʼumotiga koʻra, Xan oʻz aybiga iqror boʻlib, “Al-Qoida” terrorchi guruhlariga yordam koʻrsatib kelganligini, ularning rejalashtirgan lekin amalga oshmagan fitnalarining ishtirokchisi boʻlganligiga aytib oʻtgan.
Xususan, u 2012 yilda unga nisbatan qoʻyilgan ayblovlarni boʻyniga olgan hamda tergov ishlariga hamkorlik qilishga rozilik bildirgan.
Jumladan, 2001 yil 11 sentyabr voqealarga aloqador boʻlgan hibsxonadagi qolgan yana 5 nafar mahbuslarga qarshi koʻrsatmalar berishga rozi boʻlgan.
“Qanchalik yaxshi hamkorlik qilib, hammasini gapira boshlaganim sari, meni kuchli qiynoqqa solaverishdi”, – dedi mahbus.
Harbiy ofitserlarning bir guruhi uni 25 yildan 40 yilgacha boʻlgan davrga ozodlikdan mahrum etishlari mumkin, deyiladi agentlik maʼlumotida.
Biroq, agar u tergov bilan hamkorlik qilsa, bu muddat 11 yilgacha qisqarishi mumkin, lekin 2012 yildan beri, qamoqxonalarda saqlanib kelayotgan sobiq Guantanamo mahbusini, keyingi yil uchunchi davlatlarning hibsxonalariga koʻchirilishi kutilmoqda.
Guantanamodagi xalqaro terrorchilik qamoqxonasi 2001 yil 11 sentyabr xurujlaridan keyin tashkil etilgan. Avvalroq qator xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, YEXHT va BMT ekspertlari AQShning yangi maʼmuriyatini Guantanamo qamoqxonasida koʻplab mahbuslar sudsiz va tergovsiz ushlab turilgani va qiynoqlarga duchor boʻlgani sababli uni zudlik bilan yopishga chaqirgan edi.
Tyurma Guantanamo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2019
Dunyoda
Trampga “ISHID” terrorchilarini Guantanamo qamoqxonasiga yuborish taklif qilindi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama bundan 10 yil avval Guantanamoni yopish haqidagi farmonni imzolagan edi. Ammo Kongress qamoqxonani yopishni moliyalashdan bosh tortgani uchun Obamaning niyati amalga oshmasdan qolgan. AQShning navbatdagi prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelgach, Obamaning farmonini rasman bekor qildi. Shu bilan birga, Guantanamo qamoqxonasi orqali jami 775 ta mahbus oʻtgan, ulardan koʻpchiligi sud oldida javob berishmagan.
Hozir qamoqxona joylashgan AQShning Kubadagi bazasida 39 nafar mahbus qolmoqda. Ularning 11 nafari harbiy jinoyat sodir etganlikda ayblangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala