Siyosat

Kamilov: Afgʻoniston jahon hamjamiyatining bir qismiga aylanishga munosib

© Press-slujba MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaliz Kamilov posetil Kabul s rabochim vizitom
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaliz Kamilov posetil Kabul s rabochim vizitom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Kamilov Afgʻoniston va Oʻzbekiston munosabatlariga toʻxtalar ekan, "Tolibon" harakati bilan Respublika oʻrtasida 90-yillardayoq aloqalar yoʻlga qoʻyilganini taʼkidlaydi.
TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida 7 oktyabr kuni Qobulga uyushtirgan rasmiy tashrifi taassurotlari haqida gapirdi.
Kamilov Afgʻoniston va Oʻzbekiston munosabatlariga toʻxtalar ekan, Respublika va "Tolibon" harakati oʻrtasida 90-yillardayoq aloqalar yoʻlga qoʻyilganini taʼkidlaydi.
"...1999 yilda Oʻzbekistonda bugun (Afgʻoniston) tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Amir Xon Muttakiy boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida anjuman oʻtkazilgan. Bilasizmi, (Moskva formatidagi yigʻilishda) Sergey Lavrov chiqishida bitta yaxshi fikr yangradi, yaʼni bu reallik va undan qochib boʻlmaydi, shunday ekan, bu yoʻnalishda birgalikda ishlash kerak, deyildi. Boshqa muqobil variantlar yoʻq. Ammo, toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarga ega boʻlish, taʼsir koʻrsatish, ragʻbatlantirish va yordam berish - boshqa. Boshqa mintaqada oʻtirib, inklyuziv hukumat tuzishni talab qilish - boshqa", - deydi Kamilov.
Oʻzbekiston TIV rahbari afgʻonlar va musulmon dunyosidagi sheriklar bilan muloqot tajribasidan kelib chiqqan holda shuni taʼkidlaydiki, koʻplab masalalar yechimi Sharqda oʻziga xos xususiyatni talab etadi. Mavjud standart yondashuvlar hamisha ham natijador boʻlavermaydi.
"Shu bois, biz (afgʻon sheriklari bilan) doimiy aloqalarga ega boʻlishni istadik", - deya tushuntiradi diplomat.
Predstavitel dvijeniya Taliban* Abdul Salam Xanafi i ministr ekonomiki Afganistana, chlen rukovodstva dvijeniya Taliban* Kari Din Moxammad Xanif  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Dunyoda
“Tolibon”* avvalgi hukumatni tanazzulga yuz tutishini xohlashmagan
Kamilov, shuningdek, shu kunlarda Oʻzbekiston tomoni Termiz shahriga Xanafiy boshchiligidagi yirik Afgʻoniston delegatsiyasini taklif etganini aytadi. Moskva formatidagi uchrashuvga ham afgʻon delegatsiyasi Xanafiy rahbarligida tashrif buyurgan edi.
Termizdagi muzokaralarda nafaqat vertikal - mamlakat rahbariyati darajasida, balki gorizontal darajada hamkorlik qilishga kelishib olingan. Toki har bir vazirlik va idora barcha sohalarda - chegaradagi xavfsizlik boʻladimi, iqtisodiy aloqalar, savdo, insonparvarlik yordami yoki taʼlim - oʻz harakatlarini muvofiqlashtirishsin.
Qolaversa, Oʻzbekistonda afgʻon talabalari tahsil olishmoqda va ular oʻz taʼlimini davom ettirashidi.
Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekiston tushunchasida, "Tolibon" reallikni anglaydi.
Oʻzbekiston TIV yetakchisining taʼkidlashicha, yangi hukumat chindan ham regional va keng xalqaro hamjamiyatga chindan ham integrallashishni istaydi.
Predstavitel dvijeniya Taliban* Abdul Salam Xanafi posle tretyego zasedaniya moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Foto
Moskvada toliblar bilan muzokaralar qanday oʻtdi
"Ular ayrim pozitiv qadamlarni qabul qilishga tayyor. Tabiiyki, qirq yillik urushdan keyin, tarli mafkuralar mavjud boʻlib turgan bir vaqtda, oʻzgarishlar qiyinchilik bilan roʻy beradi. Qolaversa, ular biz qoʻllab-quvvatlaydigan ayrim qadamlarni qabul qilishmoqda va biz shu maʼnoda ular bilan birgalikda ishlar olib boramiz", - dedi Kamilov.
Vazir intervyu davomida yana bir misolni keltirib oʻtadi: Oʻzbekiston chegarasiga yaqin joylashgan Balx provintsiyasiga amalga oshirilgan safarning ertasiga barcha qizlar maktabga borishgan. Boshqa regionlarda ham shunday boʻlgan. Toliblar ayollar taʼlim, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlashlari haqida vaʼdalar berishmoqda.
"Holat sekin-asta oʻzgarmoqda. Albatta, Afgʻoniston oʻziga xoslikka ega, u oʻz anʼanalari, dini va qadriyatlariga ega musulmon davlati", - deydi diplomat va Oʻzbekiston nazarida Afgʻoniston mintaqaviy oilaning va jahon hamjamiyatining bir qismiga aylana olishga qodir va shunga munosibligini qoʻshimcha qiladi.
Suhbat davomida Abdulaziz Kamilov Oʻzbekiston va Rossiyaning afgʻon masalasidagi qarashlari toʻlaligicha bir-biriga mosligini taʼkidlaydi.
Bundan tashqari, bu afgʻon muammosi singari oʻtkir masalada bizning hamkorlikdagi harakatlarimiz boʻyicha ishonchli asosni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala