Jamiyat

Koronavirusning yangi “AY.4.2” shtammidan himoyalanish uchun nima qilish kerak - Atabekov javobi

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavnыy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavnыy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Koronavirusning turli yanada yuqumliroq, yanada xavfliroq yangi shtammlari paydo boʻlmoqda. Ularga qarshi yagona kurash vositasi vaktsina va ommaviy immunitet - Atabekov.
TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Koronavirusning yangi “AY.4.2” shtammining Oʻzbekistonga kirib kelishi va aholi orasida tarqalish xavfi bormi? Unga qarshi kurashish uchun bizda qanday imkoniyatlar bor?
Ushbu va boshqa savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Atabekov javob berdi.
- COVID-19ning qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan SARS-CoV-2 virusi vaqt oʻtishi bilan yangilanib, atrof-muhitga moslashib bormoqda. Yaʼni virus oʻzini saqlab qolish uchun qayta-qayta yangilanishga urinyapti. Aslida tabiatda uchraydigan barcha viruslar oʻzgaruvchanlikka moyil. Baʼzi tadqiqotchilar SARS-CoV-2ning 5000 tadan 7000 tagacha boʻlgan mutatsiyaga uchragan shakli borligini daʼvo qilishadi.
Shu paytgacha odam organizmiga moslashishga urinish natijasida koronavirusning bir necha shtammlari paydo boʻlgani tasdiqlangan. Xususan, “alfa” (britancha) , “betta” (afrikancha), “gamma”, “yota”, “lyambda”, “delta” (hind), “delta plyus” kabi shtammlari alohida ajratilgan."Delta" shtammi Hindistonda aniqlangan boʻlib, hozir soʻz yuritayotganimiz "AY.4.2" shtammi "delta" shtammining yangi mutatsiyasidir.
"JSST maʼlum qilishiga koʻra, koronavirusning yangi "AY.4.2" shtammi oldingi shtammalarga qaragandan yanada yuqumliroq boʻlib, zararlangan bir kishidan 9 kishigacha yuqishi mumkin, jumladan oldin koronavirusga chalinganlarga ham. Hozircha ushbu shtamm Britaniyada koʻproq aniqlanmoqda".
- Unutmaslik kerakki, dunyoda paydo boʻlgan viruslarning yashash uchun kurashi tabiiy jarayon. Oramizda “menga virus yuqmaydi”, “men oʻtgan yili kasallanganman”, "endi kasal boʻlmayman", deb yurganlar yangi, kuchli, odam organizmiga moslashgan shtammlarga yoʻliqishi ehtimoli bor,- deydi Atabekov.
Yangi shtammlarga qarshi kurashish haqida gapirsak, dunyo olimlari tomonidan yaratilayotgan vaktsinalar virus shtammlarining asosida turgan SARS-CoV-2ga qarshi ishlaydi. Virus mutatsiyaga uchragan taqdirda ham, vaktsinaning himoyalovchi xususiyati saqlanib qoladi.
Koronavirusning qaysi shtammiga qarshi kurashishdan qatʼi nazar, ommaviy immunitet shakllantirilsa, kasallikni yengib oʻtish mumkin.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonda jami 25 millionan ortiq 6 xil vaktsina olib kelingan. Vaktsina olishi belgilangan fuqarolardan 62%i - kamida birinchi doza, 40%i - kamida ikkinchi doza hamda 20%i - toʻliq vaktsinalanib boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala