Mirziyoyev uchun necha kishi ovoz bergani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPodschet golosov
Podschet golosov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezident saylovlarida jami 20,1 mln. saylovchidan 16, 2 mln. nafari ishtirok etgan, ulardan 421 ming nafari - muddatidan oldin.
TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Markaziy Saylov komissiyasi 24 oktyabrda boʻlib oʻtgan prezident saylovida jami necha kishi ovoz berganini maʼlum qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy soni – 16 212 343 nafar. Ulardan muddatidan oldin ovoz berganlar 421 176 kishi.
Har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni quyidagicha:
Shavkat Mirziyoyev — 12 988 964 kishi (80,12 %);
Maqsuda Vorisova— 1 075 016 nafar (6,63 %);
Alisher Qodirov — 888 515 (5,48 %);
Narzullo Oblomuradov — 670 641 nafar (4,14 %);
Bahrom Abduhalimov— 549 766 nafar (3,39 %).
Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha saylovchilarning umumiy soni – 20 158 907 nafar. Saylov uchastkalariga yetkazib berilgan byulletenlar soni 20 259 701ta.
Saylov byulletenlarini olgan saylovchilar soni – 16 212 343 nafar, lekin shundan foydalanilmagan yoki buzib qoʻyib bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni 4 047 358 ta.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti saylovining dastlabki natijalari 25 oktyabr kuni eʼlon qilingan edi. Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin 10 kun ichida qabul qilinishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0