Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi qachon boʻladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq prezident inauguratsiya marosimi saylov natijalari rasman eʼlon qilinganidan soʻng ikki oy ichida boʻlib oʻtishi kerak.
TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning preziyentlik lavozimiga rasman kirishish marosimining sanasini Senat belgilaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga koʻra, Oʻzbekiston prezidentining lavozimga kirishish marosimining aniq sanasi, respublika qonunchiligiga asosan, Senat majlisida belgilanadi. Marosim MSK saylov natijalarini rasman eʼlon qilganidan soʻng ikki oy ichida boʻlib oʻtishi kerak.
Oʻzbekiston saylov qonunchiligiga asosan, yangi prezident parlament oldida qasamyod qilganidan soʻng prezidentlik lavozimiga kirishishadi.
Markaziy Saylov komissiyasi 24 oktyabrda boʻlib oʻtgan prezident saylovi natijalarini rasman eʼlon qildi. Unga koʻra Shavkat Mirziyoyev uchun 80,12% ovozi bilan saylovda gʻolib deb eʼlon qilingan.

"Shavkat Miromonovich MIRZIYOYEV 2021 yil 24 oktyabr kuni muqobillik asosida boʻlib oʻtgan saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foiz ovozi bilan besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblansin," - deyilgan MSKning 1154-sonli qarorida.

Eslatib oʻtamiz, 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston prezidenti saylovida jami 16 212 343 nafar saylovchi ishtirok etgan, shundan 12 988 964 nafari Shavkat Mirziyoyev uchun ovoz bergan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala