Siyosat

Narbayeva va Matviyenko telefon orqali muloqot qildi

© SputnikValentina Matviyenko i Tanzila Narbayeva
Valentina Matviyenko i Tanzila Narbayeva  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Muloqotda parlamentlararo munosabatlar, shuningdek, oʻzaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini qamrab oladigan Oʻzbekiston-Rossiya aloqalarni mustahkamlash masalalariga urgʻu berdi.
TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevaning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Tomonlar parlamentlararo munosabatlar, shuningdek, oʻzaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini qamrab oladigan Oʻzbekiston-Rossiya aloqalarni mustahkamlash masalalariga urgʻu berdi.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Vladimir Putin Mirziyoyevni gʻalaba bilan tabrikladi
13-15 oktyabr kunlari Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan Uchinchi Yevroosiyo ayollar forumi yakunlari va rossiyalik senatorlarning Oʻzbekiston Prezidenti saylovini kuzatish missiyalari tarkibidagi, shu jumladan, MDH Parlamentlararo Assambleyasidan xalqaro kuzatuvchilar guruhidagi faoliyati yakunlari muhokama etildi.
Rossiyalik kuzatuvchilarning Oʻzbekiston prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirildi.
Shuningdek, tomonlar Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan hamda mehnat migratsiyasi, taʼlim va parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha Parlamentlararo komissiyaning oltinchi majlisi yakunlarini yuqori baholadilar.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi ishonchli va muntazam muloqot koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala