Toshkent bozorlarida narxlar shaffof bo‘ladi - yangi tizim haqida tafsilotlar

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishOvoshi
Ovoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2021
Obuna bo‘lish
"Bozor narxi" axborot tizimi 2021-yilning 1-noyabridan boshlab, tajriba tariqasida Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida amaliyotga joriy etiladi.
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Toshkent shahar hokimining poytaxt bozorlari va savdo shoxobchalaridagi asosiy tovarlar bo‘yicha narxlarni monitoring qilishga mo‘ljallangan "Bozor narxi" axborot tizimini ishlab chiqish borasidagi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, "Raqamli rivojlanish departamenti" MChJ tomonidan Toshkent shahrida bozorlar va savdo shoxobchalarida asosiy tovarlar bo‘yicha narxlarni monitoring qilish bo‘yicha "Bozor narxi" axborot tizimi ishlab chiqilgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
Mirziyoyev bozorlarda narx-navo spekulyatsiyasining qat’iy oldini olish vazifasini qo‘ydi
"Bozor narxi" axborot tizimi 2021-yilning 1-noyabridan boshlab, tajriba tariqasida Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida amaliyotga joriy etiladi.
"Raqamli rivojlanish departamenti" MChJ va "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUKka quyidagi vazifalar yuklangan:
2021 yil 25-oktabrga qadar "Bozor narxi" axborot tizimini Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida foydalanish imkonini yaratsin va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
"Bozor narxi" axborot tizimidan foydalanishda elektron axborotlar xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
"Bozor narxi" axborot tizimidan foydalanuvchilarga 3 kun muddatda amaliy seminar tashkil etib, tizimdan foydalanish va ma’lumotlarni kiritish bilan bog‘liq masalalarni batafsil tushuntirish.
Asosiy mahsulotlar ro‘yxatiga 33 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan, ularning orasida go‘sht, baliq, tuxum, un, meva va sabzavotlar bor. Qayd etilishicha, har bir bozorga operator biriktiriladi va tizimga oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari haqida ma’lumot kiritib boriladi.
Biriktirilgan xodimlar tegishli ish joyi hamda kompyuter texnikalari bilan ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0