Siyosat

Oʻzbekiston - Rossiya munosabatlari rivojlanish choʻqqisiga chiqdi – Kamilov

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Rossiya va Oʻzbekiston prezidentlarining oʻzaro ishonchli munosabatlari ikki davlat orasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, texnologik, taʼlim va tibbiyot sohalarida chuqur hamkorlik oʻrnatilishiga olib keldi.
TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlari soʻnggi yillarda haqiqatan yuqori darajaga koʻtarildi, dedi "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.

“Birinchi navbatda qayd etish joizki, bugun Oʻzbekiston - Rossiya munosabatlari oʻzining rivojlanish choʻqqisiga chiqqan. Ikki davlat munosabatlari tarixida oldin bunaqasi boʻlmagan”, - deya qayd etdi Kamilov.

Tashqi ishlar vaziri aytishiga koʻra, munosabatlarning bu qadar rivojlanishiga asos Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga 2017 yildagi hamda Vladimir Putinning Oʻzbekistonga 2018 yilda boʻlib oʻtgan tashriflari boʻlgan. Ushbu uchrashuvlar doirasida strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlariga mustahkam asos yaratilgan.
Birinchidan, bugungi kunda hamkorlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, texnologik, taʼlim va tibbiyot sohalaridagi umumiy kun tartibi tuzilgan.
Ikkinchidan, davlat rahbarlari orasida oʻzaro ishonchning yuqori darajasiga erishilgan. Bizning munosabatlar qoʻshnichilik va oʻzaro hurmatga asoslangan boʻlib, uning ruhi jamiyatlarimizga vertikal va gorizontal yoʻnalishlarda singib bormoqda.
Aytish joizki soʻnggi yillarda tomonlar madaniy-gumanitar aloqalarga katta eʼtibor qaratishmoqda va ushbu aloqadar boshqa sohalarda ham munosabatlar rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratmoqda.
Oʻzbekistonda 15ta Rossiya OTMlarining filiallari faoliyat yuritmoqda, rus tilini oʻrganish markazlari yaratilmoqda, madaniy markazlarga har tomonlama yordam koʻrsatilmoqda. Bu bilan madaniyatlarimizni oʻzaro boyitish uchun sharoit yaratilmoqda.
Rossiya prezidentining 2023 yilni “Rus tilini MDHda millatlararo muloqot tili” yili deb eʼlon qilish tashabbusi Oʻzbekistonda katta qiziqish bilan kutib olindi.
Bu sohada Oʻzbekiston katta tajribaga ega, masalan 70-yillarda Toshkentda “Rus tili – millatlar doʻstligi va hamkorligi tili” mavzusida ilmiy-akademik davralar ishtirokida ulkan forum boʻlib oʻtgan edi. Biz taklif qilingan tadbirlarda katta qiziqish bilan ishtirok etamiz.
Undan tashqari bugungi kunda Rossiya – Oʻzbekiston munosabatlari milliy va hududiy xavfsizlik muammolari bilan bogʻliq muhim strategik yoʻnalishga ega. Oʻz navbatida bu ham oʻzaro ishonchning yuqori darajasini isbotlaydi.
Xulosa qilib aytganda, bizning aloqalarimiz mutlaq yangi darajaga koʻtarildi. Amaliy nuqtai nazardan bizning strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarimiz muayyan mazmun bilan toʻldirib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala