Rossiya

Rossiyada bepul oʻqing: oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun qabul kampaniyasi uzaytirildi

© Sputnik / Mixay Karaus / Fotobankka oʻtishRossiyskiye flagi na izbiratelnom uchastke v zdanii predstavitelstva Rossotrudnichestva
Rossiyskiye flagi na izbiratelnom uchastke v zdanii predstavitelstva Rossotrudnichestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Rossiya oliygohlarida oʻqishni xohlovchilar saralashda ishtirok etish uchun arizani onlayn topshirishlari mumkin. Chet elliklar uchun ajratilgan kvota 23 ming oʻrinni tashkil qiladi
TOSHKENT, 29 okt — Sputnik, Danara Kurmanova. "Rossotrudnichestvo" Federal agentligi MDH mamlakatlari abituriyentlari uchun qabul kampaniyasi muddatini uzaytirmoqda.
Rossiya oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat, mutaxassisilik, magistratura, ordinatura va aspirantura dasturlari boʻyicha bepul taʼlim olish uchun hujjatlarni 25 noyabrga qadar topshirish mumkin.
Ilgariroq, agentlik chet el fuqarolari uchun tanlov 1 noyabrga qadar oʻtkazilishini xabar qilgandi. Ammo oʻqishga kirishni istovchilar uchun pandemiya davrida yuz kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda, "Rossotrudnichestvo" qabul jarayonini qariyb bir oyga uzaytirishga qaror qildi.
Rossiya
Rossiyada bepul oʻqishni istaysizmi? "Rossotrudnichestvo" qator imtiyozlarni eʼlon qildi
Bu haqda Sputnik agentligiga "Rossotrudnichestvo" rahbari oʻrinbosari Pavel Shevtsov xabar bergan.
"Kvota olish uchun arizani onlayn tarzda education-in-russia.com sayti orqali topshirish mumkin. Bu, ayniqsa, hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida davlatlarda joriy etilgan baʼzi cheklovlar fonida juda qulay", - deya tushuntiradi Shevtsov.
2022/2023 oʻquv yillarida kvotalar hajmi 23 ming oʻrinni tashkil qilmoqda. Agentlik uchun MDH-davlatlari ustuvorlik kasb etadi. Ilgariroq, "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov oʻtgan galgi qabul natijalari boʻyicha boʻyicha topshirilgan 80 mingta arizalarning 30%i aynan yaqin xorij davlatlaridan kelib tushganini qayd etgan edi.
Filial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Jamiyat
Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?
Yangi oʻquv yilida topshirilgan arizalar soni hozircha aniqmas, chunki qabul hamon davom etmoqda. Ammo "Rossotrudnichestvo" hozirdanoq Rossiyada oʻqishga arizalar soni boʻyicha yetakchilik qilayotgan davlatlarni ajratib koʻrsatishi mumkin.
"MDH davlatlari haqida gapirar ekanmiz, u holda arizalar soni boʻyicha birinchi oʻrinda - Tojikiston, ikkinchi oʻrinda - Turkmaniston va uchinchi oʻrinda - Qozogʻiston kelmoqda. Toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlarni esa Belarus hamda Oʻzbekiston egallagan", - deydi Shevtsov.
Qabul kampaniyasining oraliq baholashiga koʻra, eng talabgir yoʻnalishlar uchligidan - davolash ishi, iqtisodiyot va stomatologiya oʻrin olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala