Jamiyat

Gibrid vaktsinalash nima? Atabekov javobi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2021
Nurmat Atabekov revaktsinatsiya nima, gibrid vaktsinatsiya nima ekanligini va Oʻzbekistonda bunday vaktsinaashga ruxsat berilganmi-yoʻqmi - javob berdi.
TOSHKENT, 30 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda qayta vaktsinalash va turli vaktsinalarni aralashtirishga ruxsat berilganmi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov javob berdi.

"Bunda avvalo bir narsani tushunishimiz kerak, vaktsinatsiya nima, revaktsinatsiya nima? Biz biron bir kasallikka qarshi emlash jarayonini boshlagan va yakunlagan boʻlsak, biz vaktsinatsiya qilinganmiz, emlanganmiz degan tushunchaga ega boʻlamiz.
Glavnыy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Jamiyat
Koronavirusning yangi “AY.4.2” shtammidan himoyalanish uchun nima qilish kerak - Atabekov javobi
Qachonki kasallik bir necha marotaba emlashni talab qiladigan boʻlsa, revaktsinatsiya degan ibora qoʻllaniladi. Lekin tibbiyotda birinchi marotaba olgan vaktsinani vaktsinatsiya, keyingi emlashni esa revaktsinatsiya deb ham yuritiladi. Shunday ekan qachonki odam u yoki bu vaktsina bilan hozirgi davrdagi talabga asosan 1-2 yoki 3 marotaba emlansa, shu vaktsinani olib boʻlgan boʻlsa, demak u toʻliq emlangan hisoblanadi.
Bir vaktsina bilan emlanib oradan biroz muddat oʻtgandan keyin boshqa vaktsina bilan emlanish haqida hali hech qanaqa koʻrsatma mavjud emas. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ham biron bir koʻrsatma bergani yoʻq.
Yana bitta jihat, bir vaktsina bilan emlanib, keyingi bosqichlarni boshqa vaktsinalar bilan davom ettirish haqida ham hali tartib ishlab chiqilmagan. Bu holat dunyo tibbiyotida gibrid vaktsinatsiya deyiladi.
Hozir JSST bu haqida oʻylayapti. Negaki, vaktsinalarning taʼminotidagi uzilishlar muammolarning yuzaga kelishiga sabab boʻlyapti. Shu nuqtai nazardan hademay bu kabi gibrid vaktsinatsiyaga ham ruxsat berilsa ajabmas. Kutilayotgan ruxsatga asosan qaysi vaktsinani qanday ketma-ketlik va oraliqda, qay yoʻsinda emlash mumkinligi haqida hujjat paydo boʻladigan boʻlsa, biz buni keng jamoatchilikka maʼlum qilamiz va barcha tibbiyot xodimlariga yetkazamiz", - deb javob berdi ushbu savolga Atabekov.
Maʼlumot uchun, turli vaktsinalarning "Sputnik Layt" bilan kombinatsiyasi yuqori samaradorlik koʻrsatgani haqida biz oldin xabar bergan edik. Xususan, dunyoda ilk bor Argentinada oʻtkazilgan tadqiqotda AstraZeneca, Moderna va Sinopharm vaktsinalarining "Sputnik Layt" bilan kombinatsiyasi qoʻllanilishi natijalari haqida quyidagi maqolada batafsil tanishishingiz mumkin.
Vaktsina Sputnik Layt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Dunyoda
Turli vaktsinalarning "Sputnik Layt"bilan kombinatsiyasi yuqori samaradorlik koʻrsatdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala