Rimda G20 “Katta yigirmatalik” davlatlari sammiti ish boshladi

© Sputnik / Iliya Pitalev / Mediabankka o‘tishViveshivanie flaga Rossii u mejdunarodnogo vistavochnogo sentra INTEX Osaka pered otkritiyem sammita "Gruppi dvadsati" v yaponskoy Osake
Viveshivanie flaga Rossii u mejdunarodnogo vistavochnogo sentra INTEX Osaka pered otkritiyem sammita Gruppi dvadsati v yaponskoy Osake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2021
Obuna bo‘lish
Kun tartibidagi asosiy mavzular, iqlim, pandemiya oqibatlari hamda undan keyingi tiklanish jarayonlari
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Rim shahrida G20 “Katta yigirmatalik” davlatlari sammiti ish boshladi, uchrashuv ishtirokchilari shanba kuni ertalab Italiya poytaxtida joylashgan kongress-markazga yetib kelishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Aytilishicha, yig‘ilish ishtirokchilari, davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, yirik xalqaro tashkilotlar vakillari qizil gilamga qadar avtomobillarda yetib kelishgan. Ularni Italiya Bosh vaziri Mario Dragi kutib olgan. Sammit ishtirokchilari orasida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Agnela Merkel bor.
Umumiy suratga tushish bilan ochilgan sammitda, “jahon iqtisodiyoti va sog‘liqni saqlash” mavzulariga bag‘ishlangan birinchi sessiya o‘z ishini boshlashi kutilmoqda.
Kun tartibidagi asosiy mavzular, iqlim, pandemiya oqibatlari hamda tiklanish jarayonlari. Hozirgi kundagi rivojlanayotgan davlatlarning emlanish jarayonlaridagi duch kelayotgan muammolari va o‘z iqtisodiyotlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0