Iqtisod

OʻTY va RJD Afgʻonistonda temir yoʻl qurishni muhokama qilishdi

© UzAGumanitarnaya pomoщ Afganistanu
Gumanitarnaya pomoщ Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2021
Afgʻoniston orqali oʻtadigan yangi temir yoʻl YEI, Rossiya, Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Pokiston, Hindistonni biri biri bilan va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bogʻlaydi.
TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Temir yoʻllari va RJD (Rossiya Temir yoʻlari) Afgʻoniston orqali oʻtgan temiryoʻl qurilishini muhokama qilishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afgʻoniston.
Ikki kompaniya vakillari orasida 29 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan muzokaralarda jumladan "Termiz - Mozori-Sharif - Qobul - Peshavar" yoʻnalishida temir yoʻli qurish loyihasi muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida quyidagilar haqida kelishib olindi:
Ilmiy izlanish va loyiha institutlari orasida texnik va kartografik parametrlar boʻyicha maʼlumot almashish haqida;
Taklif qilinayotgan har bir yoʻnalishning oʻtkazish qobiliyati, yutuq va kamchiliklari hisoblab chiqiladi va Afgʻoniston tomoniga xabar qilinadi;
Yaqin vaqt ichida Oʻzbekiston, Rossiya va Afgʻoniston temir yoʻl kompaniyalari rahbarlari ishtirokida muzokaralar boʻlib oʻtadi;
Shuningdek, Afgʻoniston transport tizimlarini MDH Transport kengashiga qoʻshish masalalari muhokama qilindi.
Afgʻoniston orqali oʻtgan temir yoʻl loyihasining dastlabki umumiy qiymati 5 mlrd. Dollarni tashkil qiladi. Uning tranzit potentsiali yiliga - 20 mln tonna. Yangi temir yoʻl YEI, Rossiya, Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Pokiston, Hindistonni biri biri bilan va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bogʻlaydi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekiston va Afgʻoniston orasida ishga tushirilgan bir necha iqtisodiy loyihalar bor. Ular orasida "Hayraton - Moziri - Sharif" temir yoʻli, "Hayraton - Qobul" 300MVtli elektr zatish tarmogʻi va boshqa loyihalar mavjud.
Peregovorы Tashkenta i Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Infografika
Toshkent va Qobulning qoʻshma loyihalari davom etmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala