Iqtisod

Oʻzbekiston Ustyurtdagi investitsion loyihada “British Petroleum”dan voz kechdi

© Sputnik / Aleksandr Graщenkov / Fotobankka oʻtishUDP «Shurtanskiy gazo-ximicheskiy kompleks»
UDP «Shurtanskiy gazo-ximicheskiy kompleks»  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2021
Ustyurtdagi ushbu konda ugvodorodlar zaxiralari 500 million barrelga teng deb baholangan. Loyiha yangi inverstorlarni kutmoqda.
TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Ustyurt hududida uchta investitsiya blokini oʻzlashtirish uchun Britaniyaning British Petroleum kompaniyasi oʻrniga yangi investor jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Oʻztransgaz" AJ boshqaruvi raisi Behzot Narmatov soʻzlariga tayanib “Interfax.az” xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Ozarbayjonning SOSAR neft kompaniyasi va "Oʻzbekneftgaz" AJ oʻrtasida 2019 yilning may oyida Oʻzbekistonning Ustyurt hududidagi uchta investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlari salohiyatini baholash hamda qoʻshma tadqiqotlar olib borish boʻyicha Bitim imzolangan edi.
Socar uvelichit dobыchu nefti v Kashkadarye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2019
Iqtisod
Socar Qashqadaryoda neft qazib olish hajmini oshiradi
“Xalqaro kompaniyalar oʻz strategiyasini oʻzgartirmaganlariga qadar, hammasi yaxshi edi. Yangi uglevodorodlar loyihalariga sarmoya kiritishni toʻxtatib, “yashil” yoʻlni tanlab, dekarbonizatsiya tarafga yurmaslaridan avval, ish aʼlo darajada rivojlanayotgan edi. Biz mahsulot taqsimoti va geologiya-qidiruv ishlari boʻyicha shartnomaga imzo chekish arafasida edik. SOSAR kompaniyasi loyihada 25% gacha ulush bilan ishtirok etmoqchi edi, lekin, albatta, “BP” asosiy investor edi. Britaniya kompaniyasining siyosati oʻzgargandan soʻng, loyiha toʻxtab qoldi. Hozir biz ushbu loyihaga boshqa kompaniyalarni jalb qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqyapmiz”, – dedi Behzot Narmatov.
Uning taʼkidlashicha, Ozarbayjon neft kompaniyasining loyihaga boʻlgan qiziqishi soʻnmagan, chunki tadqiqot ishlari asosida BP koʻmagida tashkil qilingan boʻlishiga qaramasdan, katta hajmdagi ish, asosan SOSAR kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan.
Vankorskoye neftegazovoye mestorojdeniye v Krasnoyarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Kolumnistlar
Yangi neft vasvasasi yoki qora oltin narxi oshishidan Rossiya qancha foyda oladi

“SOSAR loyihada qoldi. Bu katta loyiha, neft, ilm-fan va qoʻshimcha resurslarni talab qiladi. Bu yerdagi ugvodorodlar zaxiralari 500 million barrelga teng. Loyiha hali ham tirik, kutish rejimida turibdi”, – dedi u.

Narmatovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston hozirda “bir nechta kompaniyalar bilan parallel ravishda” yangi investorlarni jalb qilish masalasini muhokama qilmoqda.
“Loyihaga kirayotgan yangi hamkorni ommaga eʼlon qilish, birinchi navbatda, bizning hamkorimiz boʻlgan SOSAR bilan kelishishni talab qiladi. Ularsiz biz oldinga qadam tashlay olmaymiz”, – deya qoʻshimcha qildi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala