Kolumnistlar

Facebook ustidan "salib yurishi" boshlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqni nima uchun jazolashmoqchi

© Sputnik / Maksim BlinovFacebook i Meta
Facebook i Meta  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2021
Facebook odamlar orasida nafrat uygʻotish, yoshlar ruhiyatiga salbiy taʼsir oʻtkazish, narkotiklar va odam savdosiga qarshilik qilmaslikda ayblanmoqda.
TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Facebook sobiq xodimi ijtimoiy tarmoqni urushlar va etnik tozalashlar, qul savdosi va giyohvandlikka yordam berishda ayblamoqda. Frensis Xaugen Facebook tomonidan jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish tasdiqlovchi hujjatlarni OAVga taqdim etdi. Ushbu ish AQSH Senatida koʻrib chiqilmoqda.
Lekin bu ham IT-gigant soʻnggi oy davomida toʻqnash kelgan muammolarning barchasi emas. Bir necha hafta oldin sodir boʻlgan ijtimoiy tarmoqning 6 soatlik “qulashi” tizimning naqadar nozik ekanini yaqqol namoyish qildi.
Ustiga ustak, kompaniya xodimlari Mark Tsukkerberg va uning rafiqasi Pristsilla Channi mehnat qonunchiligini buzish va ishqiy tegajogʻliq qilishda ayblashmoqda. Xullas ehtimol kelgusi yilning eng katta shov-shuviga aylanishi mumkin boʻlgan “Facebook ishi” boshlandi.
Ikonka messendjera WhatsApp na ekrane smartfona. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Dunyoda
Facebook, WhatsApp va Instagram vaqtincha ishlamay qoldi

Yashirin xabarchi

“AQShda Tsukkerbergga qarshi salib yurishi boshlandi” deb yozmoqda bir necha AQSH OAVlari. Kompaniyaga jiddiy ayblovlar uning sobiq xodimi Frensis Xaugen koʻrsatmalariga asoslangan boʻlib, ushbu ish ana mana sudlarda emas Senatda koʻrib chiqilmoqda.
“Boshida men Facebook insonlar hayotini yaxshilashiga ishonlar edim. Keyin esa ijtimoiy tarmoq jamiyatda tarqoqlik va bolalarga zarar yetkazishining guvohi boʻldim”, - deydi Xaugen.
Sobiq xodim bir necha bor bolalar uchun zararli maʼlumotlarni bloklaydigan algoritmlar ishlab chiqqan, lekin buning samarali uslubi topilmagan. Sabab – kompaniya rahbariyati ushbu muammoga yetarlicha eʼtibor bermaganida.
“Ijtimoiy tarmoq shpionaj xavfini inkor qilgan, uning uchun uchun milliy xavfsizlik masalalari sariq chaqaga arzimaydi”, - deydi Facebook sobiq xodimi.
Frensis bir necha bor bu borada kompaniya rahbariyatiga murojaat qilgan, lekin uning takliflariga eʼtibor qaratishmagan. Shunda xodim yashirin tarzda kompaniya ichki hujjatlaridan qonunbuzarliklar haqida dalil toʻplay boshlagan. Keyinchalik esa ularni jamoatchilikka oshkor qilgan. AQShning 17ta nashri ijtimoiy tarmoq oʻz foydalanuvchilari yordamida qanday pul ishlagani haqida materiallarni chop etgan.
"Facebook ishi" AQShda katta mojaroga sabab boʻldi. Respublikachilar dahol demokratlarni ayblashdi, Tramp IT-gigantni jazolamoqchi boʻlganda, demokratlar uni asrab qolgan edi-da.
Dastlab Mark Tsukerberg esa bularning barchasini tuhmat deb atab, ichki hujjatlar tarqab ketishi 6 soatlik tarmoq qulashi bilan bir vaqtda sodir boʻlganiga eʼtibor qaratdi. Lekin keyinroq tarmoq qulashi texnik sababga koʻra, sodir boʻlgani maʼlum boʻldi va Tsukkerberg oʻz aybini tan olishiga toʻgʻri keldi: Xaugen aksariyat ayblovlarda haq edi, muammolar darhaqiqat bor va ijtimoiy tarmoq ularni uzoq vaqt inkor etib kelgan edi.

Rebrending

Gʻarbda yirik kompaniyalar oʻzlari aybdor boʻlgan biror katta mojarodan soʻng darhol nomini oʻzgartirishga oʻtadi. Buni odatiy amaliyot desa boʻladi. Facebook ham ushbu shov-shuvli “qovun tushirishdan” soʻng birinchi qilgan ishi rebrending boʻldi. Ikki kun oldin Facebook oʻz nomini Meta deb oʻzgartirganini eʼlon qildi.
"Bizning ijtimoiy tarmoq bu – odamlar ishlaydigan, oʻynaydigan va muloqot qiladigan metakoinotdir ", — deb tushuntirdi buni Tsukkerberg.
Tezkorlik bilan nomini oʻzgartirish AQSH jamiyatida oʻz navbatida yangi tanqidlarga sabab boʻldi. Kompaniya mojarodan olding rebrending qilshni rejalashtirganini aytsa-da, muammolar bu bilan yakun topmadi.
Osnovatel Facebook M.Tsukerberg.Arxivnoye foto. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Dunyoda
Tsukerberg Facebook kompaniyasining nomini oʻzgartirdi

Algoritmlar va odamlar

Odamlar orasida oʻzaro nafrat uygʻotish - Facebookka qoʻyilayotgan ayblovlar orasida eng asosiysi boʻldi. Ijtimoiy tarmoq - zoʻravonlik va mojarolarni targʻib qilgan. Yaʼni tarmoq algoritmlari shunday sozlanganki, foydalanuvchilarga birinchi navbatda zoʻravonlik va mojarolar toʻgʻrisidagi xabarlar koʻrsatilgan.
"Oddiy “layk”lar hech qanday kuchga ega emas. Odamlarni ranjituvchi va gʻazablantiruvchi xabarlar esa - olgʻa suriladi", —deydi Xaugen.
Bunday xabarlar ayniqsa qurolli mojarolar sodir boʻlayotgan hududlarda koʻp chop etilgan. Masalan Mʼyanmada 2018 yilning bahorida rohinja musulmonlariga qarshi etnik tozalashlar oʻtkazilgan. Ularni oʻldirishga daʼvatlar Facebook orqali tarqatilgan.
Yuz minglab odamlar qoni toʻkilgan, millionlab kishilarni oʻz uylarini tark etib qochoqqa aylantirgan “arab bahori” ham Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar ishtirokida boʻlib oʻtgan edi. Lekin Tsukerberg kerakli xulosalar chiqarib olmagan.
Kompaniya vakillari oʻzini oqlash maqsadida, Osiyo va Afrika, Yaqin Sharqda mahalliy tilarni tushunuvchi moderatorlar yetishmasligini vaj qilishmoqda. Chunki algoritmlar har doim ham xavfli kontentni aniqlash xususiyatiga ega emas.
Lekin, ikkinchi tomondan, xorijiy tillarda har qanday shubhali soʻzlarni bloklash tajribasi ham – salbiy oqibatlarga olib keldi. Masalan arablar xususiy yozishmalarda siyosat haqida oddiy gaplarni aytsa ham blokirovka qilina boshlandi.
Shunda Facebook dunyoning barcha mamlakatlariga ham bir xil nazar bilan qaramasligi maʼlum boʻlib qoldi. Masalan, Xaugen aytishiga koʻra, Facebook foydalanuvchilari orasida amerikaliklar faqat 10%ni tashkil qiladi, lekin kompaniya barcha resurslarini ingliz tilida chop etiladigan kontentni moderatsiya qilishga qaratgan. Yaʼni Amerika yoki Yevropa haqida gap ketganda – pul ayashmaydi.
“Boshqa davlatlarda esa Facebook kam pul ishlaydi, shu sababli xodim yollash uchun stimul yoʻq", — deb tushuntiradi kompaniya sobiq xodimi.
 Bыvshiy prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Dunyoda
Ashraf Gʻani Facebook᾽dagi sahifasiga hujum uyushtirilganini maʼlum qildi

Xavfsizlik oʻrnida marketng

Yana bir muammo – moderatorlar odam savdosi haqidagi xabarlarni oʻchirishmaydi. Bunga faqat huquqni saqlash organlari yokm maxsus xizmatlar aralashuvidan soʻng eʼtibor qaratiladi.
Yana bir sir – Facebookning hamma narsa mumkin boʻlgan - VIP shaxslar roʻyxati bor. Bular shou-bizes yulduzlari, mashhur sportchilar, akyorlar, siyosatchilar. Ularing sahifalarini bloklash kompaniyaning oʻzi uchun zararli, chunki u yerda reklama beruvchilar koʻp. Masalan, futbolchi Neymar yalangʻoch qizlar suratlarini joylaganda, Facebook hech qanday chora koʻrmagan. Vaholanki, oʻshanda moderatorlarga koʻplab arzlar kelib tushgan edi.
Feyklar – bu alohida hikoya. Ularning har birini tekshirish, aniqlash bilan hech kim shugʻullanmaydi. Kompaniya bunga juda kam mablagʻ ajratadi. Shu sababli ham ijtimoiy tarmoqda har qadamda shubhali maʼlumotlarni uchratish mumkin. Masalan – koronavirusga qarshi vaktsinalar zararli ekani, odamlar vaktsinadan oʻlayotgai va vaktsina oʻrniga “maxsus chip kiritilayotgani” va ho kazo.
Keyinchalik ushbu maʼlumotlarning 40 % - vaktsinaga qarshi harakat vakillari tomonidan joylanganni aniqlangan.
2018-yilda esa Facebook Cambridge Analytica konsalting kompaniyasiga oʻzining 50 millionov foydalanuvchilari maʼlumotlarini sotgani, undan tashqari oʻz foydalanuvchilari maʼlumotlaridan marketin va kontekst reklamasida foydalangani, ham yana bir qonunbuzarlikdir.
Shu oʻrinda 2016 yilda Tramp prezidentlikka saylanish vaqtida Facebook – haqiqiy feyklar uyasiga aylanganini va 2020 yilda uning qayta saylanishiga keskin qarshilik qilganini esga olish oʻrinli boʻladi.
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp vo vremya vыstupleniya na sʼyezde respublikantsev Severnoy Karolinы - Sputnik Oʻzbekiston
Tramp va Facebook

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning Twitterda - 88 million, Facebookda - 35 million, Instagramda - 25 million kuzatuvchisi boʻlgan. 2021 yil 6 yanvarda soʻnggi saylov natijalarian norozi boʻlgan Tramp tarafdorlari Oq Uyga bostirib kirishganidan soʻng Facebook va boshqa IT-gigantlar Trampni bir umrga bloklab tashlagan edi. Oʻshanda Tramp "Facebook AQSH prezidntining bloklab Tolibon* xabarlarini chop etmoqda" degan edi. Shundan soʻng Donald Tramp "Truth" (Haqiqat) nomli oʻz ijtimoiy tarmogʻini ochishini va 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qayta qoʻyishini eʼlon qilgan edi.

Lekin ijtimoiy tarmoqning eng katta xavfi – yoshlarni manipulyatsiya qilishdir. Oʻsmirlarga ularning ruhiy holatiga yomon taʼsir qiluvchi reklama va videolavhalar cheklanmasdan namoyish qilinmoqda. Xaugenni ham kompaniya sirlarini ochishga undagan asosiy sabab mana shu boʻlgan.
Sobiq xodim aytishiga koʻra, kompaniya rahbariyati bularning barchasidan xabardor, ular hatto ayrim tekshruvlar oʻtkazgan, lekin hech qanday chora koʻrmagan.

Oʻyin qoidalari

"Facebook ishi" Rossiya uchun ham dolzarb. Masalan oʻtgan qishda ijtimoiy tarmoqning rus segmentida uch oy davomida narkokuryer vakansiyasi haqidagi eʼlon turgan edi, - deydi siyosiy izlanishlar markazi maslahatchisi Oleg Shakirov. — Biz bir necha bor Facebook texnik xizmatiga murojaat qildik, lekin ular ushbu “maʼlumot qonunchilikni buzmaydi” deb javob berishdi. Faqatgina “Roskomnadzor” aralashuvidan soʻng postni yopishdi.
Aslida bu postni mutaxassis emas, rus auditoriyasi uchun ishlab chiqilgan qandaydir algoritm tekshirgan, deb xulosa qiladi mutaxassis.
Foydalanuvchilarning koʻplab davolaridan soʻng, Facebook qandaydir Tekshiruv kengashi tuzgan. Uning vazxifasi kontentni kuzatish va feyklarni oʻchirish. Kompaniya buni mustaqil organ deb aytayotgan boʻlsa-da, aslida uning qanday ishlashi nomaʼlum, deb qoʻshimcha qildi suhbatdosh.
Kommunikatsiyalar boʻyicha mutaxassis Vsevolod Pulya “Facebook ishi”ni qandaydir yangilik deb hisoblamaydi. Oldin ham kompaniyani shaffof boʻlmagan moderatsiya mexanizmlari va yoshlarga salbiy taʼsir koʻrsatishda koʻp marotaba ayblashgan edi. Bu safar bir necha argumentlar qoʻshildi, xolos.
“Buning natijasida jiddiy oʻzgarishlar kutishning keragi yoʻq. Bor boʻlsa – ozroq yuzaki oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Lekin biznes-model saqlanib qoladi. Oʻtgan yilda butun dunyo ijtimoiy tarmoqlarning haqiqiy kuchini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ular bir knopkani bosishda Trampni barcha tarmoqlardan oʻchirib tashlashdi. Shundan soʻng ayrim davlatlar ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qiluvchi yangi qonunlar ishlab chiqara boshladi. Bu ish hozir ham davom etmoqda”, - deydi Pulya.
AQSH va Kanada Institutining katta ilmiy xodimi Pavel Koshkin fikriga koʻra, davlat va ijtimoiy tarmoqlar orasda muammolar qonun darajasida hal qilinishi kerak.
Masalan, Tramp prezidentlik davrida ijtimoiy tarmoqlarni nazorat ostiga olmoqchi boʻlgan edi, lekin uning ushbu taklifini “jinnilik va qasos” deb qabul qilishdi.
“Hozir boʻlsa Yevropa, AQSH, Rossiya va Osiyo davlatlari IT-kompaniyalar uchun qonun darajasida oʻyin qoidalarini ishlab chiqmoqda. Amerika ham bir kun kelib ushbu yoʻldan borishga majbur boʻladi”, - deb ishonch bildirdi Koshkin.
Mutaxasis fikriga koʻra, davlatlar va IT-gigantlaro oʻzaro kelishib olishlari kerak. Chunki bundan buyon sohada toʻplanib qolgan muammolarni payqamasikning iloji yoʻq.
Sotsialnыe seti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Rossiya
Moskva sudi Facebook, Twitter va Telegramga yana jarima soldi
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala