Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Meredov Afgʻonistonga keldi

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishGlava MID Turkmenistana Rashid Meredov
Glava MID Turkmenistana Rashid Meredov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2021
Afgʻonistonda Tolibon* hukumati oʻrnaitilganidan soʻng, Turkmaniston oʻz elchisini yuborgan toʻrtinchi davlat boʻldi. Bundan oldin Pokiston, Qatar va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirlari Qobulga tashrif buyurgan edi.
TOSHKENT, 30 okt - Sputnik. Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov shanba kuni Afgʻonistonga keldi. Qobul aeroportida uni Tolibon* hukumatining tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqi, Axborot va madaniyat vazirining oʻrinbosari Zabihullo Mujohid kutib oldi. Sputnik Afgʻoniston xabariga asosan.
Ayni damda Turkmaniston delegatsisi va Tolibon*ning yuqori lavozimli vakillari orasida muzokaralar boʻlib oʻtmoqda. Afgʻoniston tomonidan muzokarlarga Muttaqi boshchilik qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 27 oktyabr kuni Tehronda Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar tashqi ishlar vazirlari sammiti boʻlibi oʻtgan edi. Unda Turkmaniston TIV rahbari xalqaro hamjamiyatni Afgʻoniston iqtisodini tiklashga yordam berishga chaqirgan edi va Ashxobod TAPI va CASA kabi xalqaro loyihalarda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan edi.
Maʼlumot uchun, Afgʻonistonda Tolibon* hukumati oʻrnaitilganidan soʻng, Turkmaniston oʻz elchisini yuborgan toʻrtinchi davlat boʻldi. Bundan oldin Pokiston, Qatar va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirlari Qobulga tashrif buyurgan edi.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala