Dunyoda

U daho: britaniyaliklar Putin haqidagi fikrlarini oʻz sharhlarida qoldirishdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishStroitelstvo uchastka gazoprovoda Saxalin-Xabarovsk-Vladivostok
Stroitelstvo uchastka gazoprovoda Saxalin-Xabarovsk-Vladivostok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2021
Daily Mail obunachilari RFning prezidentiga oʻz minnatdorchiliklarini izohlarda qoldirishgan
TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashrining obunachilari Rossiya Federatsiyasi prezidenti yevropa yer osti gaz omborlariga qoʻshimcha gaz yuborish qarorini zavq-shavq bilan kutib olishgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Aksariyat obunachilar, Rossiyaga samimiy minnatdorlik izhor etib, u bilan munosabatlarni barqarorlashuvi Buyuk Britaniya foydasiga xizmat qilishini taʼkidlashgan.
“Putin Gʻarb yetakchilarining asl qiyofasini koʻrsatmoqda – bari foydasi yoʻq, beqaror ahmoqlardir”, – dedi P.R.Deltoid.
“Qachon bizning befoyda “uch pulga qimmat” OAVmiz Rossiyani qoʻrgʻich sifatida koʻrishlari toʻxtaydi? – deya oʻz savolini qoldirdi bengarry1.
“Putin daho! Siz uni yaxshi koʻrasizmi yoki nafratlanasizmi, lekin u maqtovli Yevropani yaxshilab tuzladi!", – deb taʼkidladi aD.
Biroq, baʼzi sharh qoldirgan insonlar va ayrim siyosatchilar mazkur tashabbusni amalga oshishida toʻsqinlik qiladi, deb qoʻrqishmoqda.
"Biz, isteʼmolchilar, qoʻrquvimizga sabab shuki, gazning narxi bir pensga arzonlashganligini koʻrish nasib etarmikan?, axir bizning Borisimiz narxning qimmat saqlab qolinishiga qodir qandaydir narsa ixtiro qilib topmasmikan?”, – soʻroqlar bilan murojaat qildi Boarshead57.
Vыveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stantsii (AGNKS) Gazprom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Rossiya
"Gazprom" Yevropa omborlariga joʻnatilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
Boshqa yana sharhlovchilar falsafiy mulohazalarga ham oʻtib ketishdi.
Demak, Wiseguy72 taxallusi ostidagi sharhlovchi Rossiya nafaqat qudratli harbiy davlat, balki u energetika tomondan mustaqil va Gʻarb taʼsiridan deyarli jabr koʻrmagan madaniyatga ega ekanligiga ishonch bildirgan.
"Men Moskvada bir muncha vaqt yashadim. U yerda odamlar Rossiya bilan faxrlanadilar va bu ahmoqona woke’ madaniyatiga umuman eʼtibor ham berishmaydi!", – dedi bigpig.
Shu haftada Vladimir Putin "Gazprom" ga Rossiyadagi yer osti omborlariga gaz quyish tugallangandan soʻng, kompaniyaning Yevropa obʼyektlari, xususan, Avstriya va Germaniyaga yoqilgʻi hajmini oshirish boʻyicha ishlarni boshlashni topshiriq qilib bergan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala