Rossiya

"Vremya" dasturining afsonaviy boshlovchisi Igor Kirillov vafot etdi

© Sputnik / Boris PrixodkoDiktor Igor Kirillov
Diktor Igor Kirillov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2021
SSSR davrining timsollaridan biri, "Vremya" dasturini 20 yil olib borgan Igor Kirillov bugun vafot etdi.
TOSHKENT, 30 okt - Sputnik. "Vremya" informatsion dasturining afsonaviy boshlovchisi, diktor Igor Kirillov vafot etdi. Bu haqida Rossiyaning "Birinchi kanal"i xabar qilmoqda.
"Efirimiz boshlanishidan bir necha daqiqa oldin qaygʻuli xabar keldi. Bugun Igor Leonidovich Kirillov vafot etdi. Bizning afsonaviy hamkasabamiz, doʻstimiz va koʻpchillik uchun haqiqiy oʻqituvchimiz", - deyilgan xabarda.
Oʻlim sababalariga aqnliq kiritilmagan.
Igor Kirillov Moskvada 1932 yilning 14 sentyabrida tugʻilgan. 1955 yilda Щepkin nomidagi Oliy Teatr maktabini bitirgan. 1955-1956 yillarda Moskva komediya teatrida (Teatr na Taganke) ishlagan. Aslida rejissyor boʻlishni orzu qilgan.
Lekin 1957 yildan boshlab yangi tashkil qilingan SSSR televideniyesida diktor vazifasida ishlay boshlagan. 20 yildan ortiq vaqt davomida "Vremya" dasturining diktori boʻlgan. Undan tashqari boshqa koʻplab teledasturlar boshlovchisi boʻlgan, shuningdek Qizil maydonda boʻlib oʻtgan paradlar translyatsiyasini ham olib borgan.
1968 yildan 1989 yilga qadar Birinchi kanalda diktorlar boʻlimini boshqargan. 1995 yildan boshlab Birinchi kanalda maslahatchi-diktor vazifasini bajargan.
Igor Kirillov 1968 yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan diktor, 1982 yilda - SSSR xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan. 1977 yilda Davlat mukofoti laureati, "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordenining III va IV darajasi laureati boʻlgan. 2001 yilda Kirillov "Chelovek-epoxa" nufuzli unvon egasi boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala