Jamiyat

Endilikda hujjatlar loyihalari lingvistik ekspertizadan oʻtkaziladi

© Sputnik / Maksim BlinovList bumagi v ruke
List bumagi v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Hujjatda ogʻzaki nutq shakllari, chet tillari atamalari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish tartibi belgilandi.
Hukumat tasdiqlagan nizomga koʻra, 2023 yil 1 yanvardan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin lingvistik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Lingvistik ekspertiza loyihani ishlab chiqqan tashkilot rahbarining maslahatchisi tomonidan quyidagi talablar asosida oʻtkaziladi:
jumlalarning soddaligi va qisqaligi, taʼriflarning aniqligi;
imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mosligi;
yangi atamalar, shuningdek, soha atamalarining toʻgʻri qoʻllanilganligi;
soʻz birikmalarining oʻzaro toʻgʻri bogʻlanganligi;
bayonning tizimliligi va ifodali ketma-ketligi.
Maslahatchi yoxud mutaxassis 3 kun yoki shartnomada belgilangan muddatda lingvistik ekspertizadan oʻtkazish natijasi boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalarni koʻrsatgan holda xulosa berib, loyihani ishlab chiquvchiga taqdim etadi.
Shunga koʻra, loyiha matni qayta ishlanib, kelishish uchun vazirlik va idoralarga yuboriladi.
Loyihada quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
ogʻzaki nutq shakllari;
davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar mavjud boʻlgan taqdirda, chet tillari atamalari;
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;
abbreviatura va qisqartmalar (umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar bundan mustasno).
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Jamiyat
Mirziyoyev oʻzbek tilini yanada rivojlantirishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala