Dunyoda

JSST bosh direktori yangi virus paydo boʻlishidan ogohlantirdi

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishGeneralnыy direktor VOZ Tedros Adxanom Gebreyesus
Generalnыy direktor VOZ Tedros Adxanom Gebreyesus  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Tedros Gebreyesus dunyoda vaktsinalardan foydalanishda tenglik yoʻqligiga eʼtibor qaratgan.
TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Kelajakda Yer yuzida insoniyat nazorat qila olmaydigan xavfli virus paydo boʻladi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus G20 davlatlari moliya va sogʻliqni saqlash vazirlarining Rimda oʻtkazilgan yigʻilishida maʼlum qildi.
U Yerda tarqalishini toʻxtatib boʻlmaydigan yana bir virusning paydo boʻlishi “biologiya nuqtai nazaridan shubhasiz” hisoblanishini bildirgan.
“Ushbu pandemiyani tugatsak ham, biz u bergan darsdan xulosa chiqarishimiz va keyingisiga tayyorlanishimiz kerak. Biologiya nuqtai nazaridan qaysidir onda biz shunchaki ushlab tura olmaydigan virusning paydo boʻlishi shubhasiz”, - dedi u oʻz chiqishi davomida.
JSST rahbari “yuqori darajadagi xavflar”ga qarshi kurashda “yuqori darajadagi siyosiy ishtirok” zarurligini urgʻulagan.
Tedros Gebreyesus, shuningdek, dunyoda vaktsinalardan foydalanishda tenglik yoʻqligiga eʼtibor qaratib, hozirda virusga qarshi sayyora aholisining 36 foizi toʻliq emlangani, Afrikada esa ushbu koʻrsatkich “atigi 6 foiz” ekanini eslatib oʻtgan.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v sammite Gruppы dvadtsati - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Rossiya
Putin G20 ni emlanganlik sertifikatlarini oʻzaro tan olishni tezlashtirishga chaqirdi
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 247 milliondan oshib ketgan. Shulardan deyarli 224 millioni tuzalib ketgan. Bu virus dunyo boʻylab 5 milliondan ortiq insonni yostigʻini quritgan.
Oʻzbekistonda 30 oktyabr holatiga koʻra jami 185 963 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Shulardan 181 675 shifo topgan. Virusdan 1323 bemor vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala