Rossiya

Putin G20 ni emlanganlik sertifikatlarini oʻzaro tan olishni tezlashtirishga chaqirdi

© Sputnik / Yevgeniy Paulin / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v sammite "Gruppы dvadtsati"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v sammite Gruppы dvadtsati - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Katta yigirmatalik” mamlakatlariga koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikatlarini oʻzaro tan olish masalasini ishlab chiqishni taklif qildi. Rossiya yetakchisi bu taklif bilan G20 ning Rimda boʻlib oʻtgan sammitida chiqdi.
“Ishonchim komilki, bu qanchalik tez bajarilsa, global ishbilarmonlik, jumladan, eng koʻp jabr koʻrgan sayyohlik faolligini qayta tiklash shunchalik oson boʻladi”, - dedi Putin onlayn soʻzlagan nutqida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya rahbari ayrim muhtoj mamlakatlar haligacha koronavirusga qarshi vaktsinaga va boshqa oʻta zarur vositalarga ega emasligiga eʼtibor qaratdi. Putinning soʻzlariga koʻra, bu nosogʻlom raqobat, protektsionizm, qator davlatlarning, jumladan, “yigirmatalik” davlatlarining vaktsina va emlanish sertifikatlarini oʻzaro tan olishga tayyor emasligi sabab roʻy bermoqda.
Shuningdek, Putin hozirda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi vaktsinalar va dori-darmonlar sifati, xavfsizligi va samaradorligini tekshirish jarayonini tezlashtirish masalasi dolzarbligini taʼkidladi.
Brifing, posvyaщennыy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaktsine ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Rossiya
Gintsburg koronavirusdan 100% himoyalanish uslubini aytdi
Rossiyada “Sputnik V”, “EpiVakKorona”, “KoviVak” va “Sputnik Lite” mahalliy vaktsinalari bilan emlanganlik sertifikatlari tan olinadi. “Sputnik V” vaktsinasidan foydalanish dunyoning 70 ta mamlakatida maʼqullangan. Ular aholisi 4 milliard kishini tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala