Dunyoda

Putinning neft narxi haqidagi gaplari AQSH va Yaponiya yuragiga gʻulgʻula solib qoʻydi – OAV

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishNeftyanaya kachalka, illyustrativnoye foto
Neftyanaya kachalka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Rossiya rahbari oktyabr oʻrtalarida neft 100 dollargacha qimmatlashishi mumkinligini inkor qilmagan edi.
TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Rosssiya prezidenti Vladimir Putinning bir barrel uchun neft narxi 100 dollargacha koʻtarilishi mumkinligi haqidagi gaplari AQSH, Hindiston va Yaponiyani tashvishga solib qoʻydi, deya yozadi “Bloomberg”.
Maqolada taʼkidlanishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati mamlakatda benzin narxi yetti yillik rekordga yetganidan xavotir bildirgan. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, isteʼmolchi mamlakatlar uni neft qazib olish hajmini koʻpaytirishga majburlash uchun OPEK+ ga bosim oʻtkazishni oshirishmoqda.
“Bir necha haftaki AQSH maʼmuriyati OPEK+ ni koʻproq neft qazib olishga chaqirmoqda”, - deyilgan maqolada.
Dobыcha nefti v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Kolumnistlar
Talab toʻfonday oshmoqda: AQSH Rossiya neftini katta hajmda sotib olmoqda
Bundan tashqari, Yaponiya ham xuddi shunday chaqiriq bilan chiqqan. Maqola mualliflari Xitoy bu masala yuzasidan fikr bildirmagan boʻlsada, biroq qazib olishni koʻpaytirish fikriga qoʻshilishini taʼkidlashgan.
“AQSH, Yaponiya va Hindiston rasmiylari oʻzaro alohida suhbatlashishgan. Shuningdek, boshqa yirik isteʼmolchilar va neft eksport qiluvchi mamlakatlarga murojaat qilishgan. Chaqiriqlar taxminan uch hafta oldin boshlangan”, - deyilgan maqolada.
Vladimir Putin 13 oktyabr kuni Rossiya energetika haftasida nutq soʻzladi. Oʻshanda undan neft 100 dollargacha qimmatlashishi mumkinmi deb soʻrashdi. Rossiya rahbari “Boʻlishi mumkin” deb javob qaytardi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala