Hodisalar

Qashqadaryoda 10 nafardan ziyod jihodchi qoʻlga olindi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Ular orasida orasida mahalla fuqarolar yigʻini raisi, oʻqituvchi, imom-noib, tadbirkor va mavsumiy ishchilar bor.
TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida jihodchilar diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda
Maʼlum qilinishicha, oʻzaro yigʻinlar vaqtida ular jihodchilar oqimi gʻoyalari yoʻgʻrilgan audio-video koʻrinishdagi materiallarni tinglab, tomosha qilishgan. Hijrat va jihod qilishga xayrixohlik bildirishgan.
Guruhning 1969–1995 yillar oraligʻida tugʻilgan 12 nafar aʼzosi orasida mahalla fuqarolar yigʻini raisi, oʻrta maktab oʻqituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor hamda mavsumiy ishchilar bor.
Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Hodisalar
Qidiruvdagi ISHID* aʼzosi Oʻzbekistonga olib kelindi
Guruh aʼzolarining yashash manzillari koʻzdan kechirilganda xotirasida diniy mazmundagi audio-video materiallar bor uyali aloqa vositalari va fleshkartalar aniqlangan. Shuningdek, nashriyoti koʻrsatilmagan kitoblar topilgan. Ular ekspertiza oʻtkazish uchun rasmiylashtirib olingan.
Ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala