Hodisalar

Qidiruvdagi ISHID* aʼzosi Oʻzbekistonga olib kelindi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
U shu yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlarining birida amalga oshirilishi kerak boʻlgan qoʻporuvchilik harakatida ishtirok etishi lozim edi.
TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun qidiruvda boʻlgan shaxs xorijdan Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, I.O. 2014 yil fevralida ishlash maqsadida Rossiyaga boradi va ijtimoiy tarmoq orqali xalqaro terroristik tashkilotlar aʼzolari bilan aloqaga kirishadi.
© Telegram / xavfsizlik_uzQidiruvda boʻlgan I.O. ismli fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan Oʻzbekistonga olib kelindi.
ISHID* aʼzosi DXX tomonidan Oʻzbekistonga olib kelindi - Sputnik Oʻzbekiston
1/2
Qidiruvda boʻlgan I.O. ismli fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan Oʻzbekistonga olib kelindi.

2/2

Keyin u Oʻzbekistonga qaytib kelib, ikki nafar farzandini ota-onasiga qoldiradi. U rafiqasi bilan birga 2015 yilning mart oyida “Islom davlati”* xalqaro terroristik tashkiloti safiga qoʻshiladi.
Shu tariqa I.O. 2015-2021 yillar davomida Suriya va Iroq davlatlaridagi ISHID* safida jangovar harakatlarda qatnashadi.
Shuningdek, u shu yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlarining birida amalga oshirilishi kerak boʻlgan qoʻporuvchilik harakatida ishtirok etishi lozim edi.

Unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq “Turkiston islom harakati” (TIH) xalqaro terrorchilik tashkiloti aʼzosi, 16 fevral voqealariga aloqador YU.J. xorijda qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga olib kelingan edi.
* Qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot
V Uzbekistane zaderjanы chlenы techeniya Djixadistы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Hodisalar
DXX oʻtgan yili 4 ta terrorchilik aktining oldi oldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala