Jamiyat

Shaxsga doir maʼlumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Prezident imzo chekkan qonun bilan shaxsga doir maʼlumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Shaxsga doir maʼlumotlarni muhofaza qilish boʻyicha talablarni buzganlik yuzasidan javobgarlik kuchaytirildi.
Prezident imzolagan qonun bilan, jumladan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish kiritildi.
Unga koʻra, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internetda fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotganda Oʻzbekistonda joylashgan texnik vositalarda hamda shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik fuqarolarga BHMning 7 baravari (1 mln 890 ming soʻm), mansabdor shaxslarga esa 50 baravari (13 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Qonun bilan shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, ushbu qilmish maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan soʻng bir yil davomida takroran sodir etilgan taqdirda quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllaniladi:
BHMning 150 baravarigacha (40 mln 500 ming soʻmgacha) miqdorda jarima;
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
2 yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Ushbu oʻzgartirishlar qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Prilojeniye TikTok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda TikTok, "VKontakte" va Twitter'dan foydalanish cheklandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala