Tokio metrosida bir erkak pichoq bilan yo‘lovchilarga tashlandi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Tokio
Goroda mira. Tokio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Obuna bo‘lish
Yapon telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, kamida olti kishi jabrlangan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Tokio metrosida yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilindi. Jabrlanuvchilar bor. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.
Shuningdek, 20 yoshlarda ekani taxmin qilinayotgan erkak vagonda yonuvchi moddani to‘kib yoqib yuborgan. U qo‘lga olingan. Nima sababdan bu ishga qo‘l urgani haqida ma’lumot berilmagan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, kamida olti kishi jabrlangan. “Kyodo” nashri esa 15 nafar jabrlanganlar haqida xabar bermoqda.
Uning bu xatti-harakatlari yo‘lovchilarning vahimasiga sabab bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yo‘lovchilar vagondan oyna orqali qanday chiqib ketishga urinishayotganini ko‘rish mumkin.
Yaponiyada yakshanba kuni mamlakatning quyi palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0