“Tolibon”* o‘z delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini ijobiy baholadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishP/k zapreshennogo v RF dvijeniya "Taliban"
P/k zapreshennogo v RF dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Obuna bo‘lish
Zabihulloh Mujohid O‘zbekistonda toliblar delagatsiyasi chegara xavfsizligi, tranzit, bojxonada hamkorlik masalalarini muhokama qilganini ma’lum qilgan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati o‘z delegatsiyalarining yaqinda Rossiya, Qatar va O‘zbekistonga amalga oshirgan safari natijalarini ijobiy baholadi. Bu haqda ToloNews telekanali harakat vakili Zabihulloh Mujohid so‘zlariga tayangan holda xabar bermoqda.

“Biz Afg‘oniston Islom Amirligi delegatsiyalarining Moskva, Qatar va O‘zbekistonga tashrifini juda yaxshi baholaymiz. Bu tashriflar ijobiy natija keltirdi”, - dedi Mujohid matbuot anjumani davomida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada uchta asosiy masalaga e’tibor qaratildi: Afg‘onistonda barqarorlikni saqlash, Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini chiqarish; mintaqa mamlakatlari tomonidan mamlakatni qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekistonda toliblar delagatsiyasi chegara xavfsizligi, tranzit, bojxonada hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
Gumanitarnaya pomosh Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2021
O‘TY va RJD Afg‘onistonda temir yo‘l qurishni muhokama qilishdi
Qatarda toliblarning muvaqqat hukumatida tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy Xitoy TIV rahbari bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiqni kengaytirishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-oktabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Afg‘oniston muvaqqat hukumat rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchiligidagi muzokaralarda qator masalalar muhokama qilingan edi.

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Peregovori Tashkenta i Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2021
Toshkent va Qobulning qo‘shma loyihalari davom etmoqda
Yangiliklar lentasi
0