Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Lavrov: Markaziy Osiyoga Afgʻonistondan terrorizmning “oqib oʻtishiga” yoʻl qoʻymaslik muhim

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Rossiya TIV rahbarining soʻzlariga koʻra, Rossiya uchun Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat muhim ahamiyatga ega.
TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Afgʻonistonga qoʻshni davlatlarda vaziyat beqarorlashishiga yoʻl qoʻymaslik muhim. Bu haqda Rossiya TIV Sergey Lavrov maʼlum qildi.
“Avvalo, bu qoʻshni mamlakatlarning beqarorlashishiga yoʻl qoʻymaslik, Afgʻonistondan terrorchilik va narkotik tahdidlari “oqib oʻtishiga” yoʻl qoʻymaslik zaruriyati; bu tahdidlarni Afgʻonistonning oʻzida yoʻq qilish zaruriyati”, - dedi Lavrov "Rossiya-24" telekanaliga bergan intervyusida.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya uchun Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat muhim ahamiyatga ega.
“Biz uchun eng muhimi – bu ularning barqarorligi, chunki Markaziy Osiyodan boʻlgan ittifoqchilarimiz bilan bizning hech qanday chegaramiz yoʻq, deyarli hammasi bilan vizasiz rejim”, - deya qoʻshimcha qildi Lavrov.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v plenarnom zasedanii foruma Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Putin: terrorchilar Afgʻonistondan Markaziy Osiyoga yoyilishni boshlashi mumkin

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Jangarilar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala