Siyosat

Mirziyoyev Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi

© Uzbekskaya diaspora v RFOrden "Dustlik"
Orden Dustlik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Farmonda Ergash Shoismatovning oʻzbek va tojik xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga qoʻshayotgan salmoqli hissasi qayd etilgan.
TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ergash Shoismatov "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotladi. Bu haqdaTIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Elchi davlat boshqaruvi organlaridagi koʻp yillik samarali mehnati, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi strategik sheriklikni har tomonlama chuqurlashtirish, koʻp qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʻtarish yoʻlidagi sermahsul faoliyati uchun taqdirlangan.
© MID UzbekistanaChrezvыchaynыy i Polnomochnыy Posol Respubliki Uzbekistan v Respublike Tadjikistan Shaismatov Ergash
Chrezvыchaynыy i Polnomochnыy Posol Respubliki Uzbekistan v Respublike Tadjikistan Shaismatov Ergash  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Chrezvыchaynыy i Polnomochnыy Posol Respubliki Uzbekistan v Respublike Tadjikistan Shaismatov Ergash
Shuningdek, farmonda Shoismatovning oʻzbek va tojik xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga qoʻshayotgan salmoqli hissasi alohida qayd etilgan.
Ergash Shoismatov 1951 yili Toshkent viloyatida tugʻilgan. Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan, shu jumladan, Oʻzbekiston Energetika va elektrlashtirish vaziri (1999-2001 yillar), “Oʻzbekenergo” DAK raisi (2001-2006 yillar), Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari (2006-2018 yillar) sifatida faoliyat yuritgan.
U 2018 yildan Oʻzbekiston Tojikiston elchisi lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala