Rossiya

Moskva hukumati kelajakda quruvchi migrantlardan voz kechmoqchi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishRabochiy kladet kirpich
Rabochiy kladet kirpich - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Moskva merining oʻrinbosari shahar nimaning evaziga migrantlar mehnatidan voz kechishi mumkinligini aytdi.
TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Moskva shahri hukumati kelajakda qurilish sohasida xorijlik ishchi kuchidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda shahar merining oʻrinbosari Andrey Bochkaryov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, shaharda ishlayotgan 120 nafar quruvchi migrantlarning koʻpi pandemiya davrida ketib qolgan. Hozir qurilishlarda qariyb 40 ming nafar migrant qolgan. Bochkaryovning taʼkidlashicha, ilgari quruvchilar koʻproq Tojikistondan kelishardi. Endi esa asosan Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan kelishmoqda. U ishchi kuchi yetishmasligini taxminan 40 foiz deb baholangan.
Rabochiye na stroitelstve avtomobilnogo mosta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.10.2021
Migratsiya
Migrantlar uchun jozibador boʻlishni istasak, ularga munosib maosh toʻlashimiz kerak – Katirin
Amaldor ishchilar va muhandislar, xususan, keng koʻlamli renovatsiya dasturi obʼyektlari uchun yetishmasligini maʼlum qilgan.
Bochkaryov xorijlik ishchi kuchidan zamonaviy texnologiyalar evaziga voz kechish mumkinligini qayd etgan.
“Qurilish majmualaridagi hamkasblarim va pudratchilar oldiga bizga Moskva qurilish obʼyektlarida xorijlik ishchi kuchisiz ishni emlashimizga imkon beradigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasini qoʻyyapman”, - dedi u RBK nashriga bergan intervyusida.
Shahar meri oʻrinbosari qurilish jarayoni uch baravar kam odamni talab qilishi, ularning maoshi esa ikki, kerak boʻlsa uch baravar koʻp koʻlishi kerak deb hisoblaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala