Dunyoda

OAV: Ahmad Masʼud Tojikistonda

Axmad Masud - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Maʼlum qilinishicha, Ahmad Masʼud hozir Tojikistonda, lekin goh-gohida Afgʻonistonga borib turadi.
TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Afgʻonistonda hokimiyatni qoʻlga olgan “Tolibon”*ga qarshi Afgʻoniston Milliy qarshilik koʻrsatish frontining yetakchisi Ahmad Masʼud hozirda Tojikistonda. Bu haqda koʻngillilar vakili, shimoliy Panjsher viloyati gubernatorining sobiq oʻrinbosari Kabir Vasik maʼlum qildi.
“Ahmad Masʼud hozir Tojikistonda, lekin goh-gohida Afgʻonistonga borib turadi, u yerda mamlakatning turli mintaqalaridagi qarshilik guruhlari bilan uchrashadi”, - deya aniqlik kiritdi u.
Axmad Masud - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Ahmad Masʼud toliblar bilan muzokaralarda Rossiya koʻmagiga umid qilmoqda

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Jangarilar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala