Sport

Oʻzbekiston dzyudo jamoasi Jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi boʻldi

© AP Photo / Vincent ThianDavlat Babonov
Davlat Babonov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Oʻzbekistonlik dzyudochilar ikki kunlik bahslar yakuniga koʻra 4 ta oltin, 1 ta bronza medalnr qoʻlga kiritishdi.
TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Frantsiya poytaxti Parij shahri oʻtkazilayotgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati.
“Oʻzbekistonlik dzyudochilar ikki kunlik bahslar yakuniga koʻra 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi”, - deyilgan xabarda.
Diyora Keldiyorova (-52 kg), Dilshodjon Baratov (-60 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) jahon chempioniga aylangan boʻlsa, Shohruhxon Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi.
Dzyudoist Davlat Bobonov zavoyeval bronzovuyu medal na Olimpiyskix igrax v Tokio-2020 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Sport
Dzyudochi Davlat Bobonov harbiylar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi
Ikkinchi oʻrinni braziliyalik dzyudochilar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan band etgan boʻlsa, kuchli uchlikka mezbonlar - Frantsiya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan yakun yasadi. Avstriya 2 ta oltin, Rossiya va Slovakiya terma jamoalari 1 tadan oltin medalni qoʻlga kiritishdi.
Endi Oʻzbekiston vakillari jamoaviy yoʻnalishda ham oltin medallar uchun bahs olib borishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala