O‘zgidromet: haftaning ikkinchi yarmida havo keskin sovib ketadi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishOsen
Osen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Obuna bo‘lish
Uchinchi noyabr kunidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin o‘zgaradi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. 1 noyabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo +15…+17 darajagacha isiydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
3 noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin o‘zgaradi. Mamlakatga Ural hududlaridan sovuq va biroz nam antisiklon kirib keladi. 4-noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni 4-noyabrda havo harorati +3…+8 iliqqacha pasayadi, bu oy boshi uchun bo‘lgan meyoriy qiymatlardan +12…+15 darajaga past bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
5 noyabrda sovuq antisiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yog‘ingarchilik faqat ayrim tog‘li hududlarda saqlanib turadi. Havo harorati kechasi -3..-5 daraja sovuqgacha, shimolda -7..-10 daraja sovuqgacha pasayadi, kunduz kuni harorat +3..+8 daraja iliqdan oshmaydi.
Yangiliklar lentasi
0