Siyosat

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilda Vengriyaga safar qilishni rejalashtirmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Vengriya bosh vaziri Mirziyoyevga tabrik yoʻllab, kelgusi yilda Budapeshtda rasmiy tashrif doirasida shaxsan uchrashishdan umidvor ekanini bildirdi.
TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda Vengriyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban maʼlum qildi.
“Kelgusi yilda Budapeshtda rasmiy tashrif doirasida prezident janoblari bilan shaxsan uchrashishdan umidvorman hamda ushbu tashrif munosabatlarimizni mustahkamlash uchun yana bir imkoniyat boʻlishiga ishonaman”, - deyiladi uning Shavkat Mirziyoyevga prezident saylovida gʻalaba qozongani munosabati bilan yoʻllagan tabrigida.
Joriy yilning mart oyi oxirida Viktor Orban Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish qaratilgan 10 dan ortiq turli hujjatlar imzolangan.
Muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban ikki mamlakat oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani ham imzoladi.
Davstatqoʻm maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston va Vengriya tashqi savdo aylanmasi 2020 yilda 109,3 mln dollarni tashkil etgan.
Podpisaniye dokumentov o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Vengriyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Vengriya qaysi sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala