TDUUga kirish imtihoni fanlarida o‘zgarish bo‘ladi

© Ramiz BaxtiyarovYuridicheskiy institut v Tashkente, sovremennost
Yuridicheskiy institut v Tashkente, sovremennost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Obuna bo‘lish
TDUUga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. 2023/2024 o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetiga (TDUU) o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda abituriyentlar 2 ta bo‘limdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi. Bular:
1-bo‘limda barcha yo‘nalishlar uchun majburiy 3 ta fan – Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), Matematika va O‘zbekiston tarixi;
2-bo‘limda “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta fan – Tarix va Chet tili fanlari.
TDUUga o‘qishga kirishda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab test sinovlarining 2-bloki, ya’ni “yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet kengashida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Yangi O‘zbekiston universitetiga kirish imtihonlarida DTM ishtirok etmadi
Bu maktab yoshidanoq bolalarning huquqiy fanlarni chuqur o‘zlashtirishiga, konstitutsiya va qonunlarni puxta o‘rganishiga, TDUUga dastlabki huquqiy bilimlarga ega yosh avlod vakillari kirib kelishiga erishilishiga xizmat qilishi aytilmoqda.
Hozir maktabda 11-sinfda o‘qiyotganlar keyingi yil imtihonda tarixdan test topshiradi, hozir 10-sinfda o‘qiyotganlar esa 2023-yilgi testda tarix o‘rniga huquqiy fanlardan test topshiradi.
Yangiliklar lentasi
0