Kolumnistlar

AQSH prezidenti Yevropada: Rossiyani qanday haq toʻlash va pushaymon boʻlishga majburlashadi

© REUTERS / Kevin LamarquePrezident SSHA Djo Bayden i pervaya ledi Djill Bayden pribыvayut v aeroport Fyumichino dlya uchastiya v sammite G20
Prezident SSHA Djo Bayden i pervaya ledi Djill Bayden pribыvayut v aeroport Fyumichino dlya uchastiya v sammite G20  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Jo Baydenning Rimda gʻarb yetakchilari bilan uchrashuvi Amerika tashqi siyosatining asosiy muammosini koʻrsatdi.
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. “Men Jillning eriman” - Vatikan cherkovi amaldorlariga Amerika prezidenti oʻzini shunday tanishtirdi. Bu hazil Rimdagi hamma tadbirlarga beʼmanilik kayfiyatini bagʻishladi: Jo Baydenning Yevropa mamlakatlari yetakchilari uchrashuvidan tortib ikki kunlik G20 sammitigacha.
Hammasi prezident kortejining Rim koʻchalari boʻylab syurrealistik yuridan boshlandi. Bu “yangi normallik” yorligʻi boʻlib koʻrindi. Hamisha toʻlib-toshgan Rim koʻchalari bomba yogʻdirilayotgan paytdagidek boʻshab qoldi. Yoʻlaklar boʻylab harbiylarning cheksiz safi tortildi. Koʻprikchalar boʻylab asta-sekinlik zihrlangan avtomobillar karvoni suzdi: AQSH prezidenti va uning mulozimlari Vatikanga Rim papasi bilan uchrashuvga naqd saksonta mashinalarda borishdi. Uglerod gazi degan gap qayerda qoldi? Uni, aftidan, faqat plebeylar ortidan qoldirishadi.
Prezident SSHA Djo Bayden v Vostochnom zale Belogo doma  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Dunyoda
"Zoʻrgʻa yuribdi" - siyosatshunos Bayden reytingi nega tushib ketgani haqida
Vatikanda Bayden nafaqat papa Frantsisk bilan uchrashdi, balki qattiq xafalashib qolgan Frantsiya prezidenti bilan munosabatlarni qayta tikladi. Emmanuel Makronning jahli chiqishiga haqqi bor edi. avvaliga afgʻon masalasi – Bayden mamlakatdan qoʻshinlarni NATO boʻyicha Yevropadagi ittifoqdoshlaridan maslahatlashmasdan olib chiqdi. Hatto adab yuzasidan aytib qoʻyishni ep koʻrmadi. Keyin boshqa zarba: Shtatlar AUKUS yangi harbiy ittifoqiga Avstraliyani davʼat etishdi va bu ish uni frantsuz suvosti kemalariga tuzilgan koʻp milliardli shartnomani bekor qilishga majburladi. Oʻshanda Makron shunchalik dargʻazab boʻldiki, hatto tarixda ilk bor Vashingtondan elchini chaqirtirib olishgacha bordi.
Ammo Bayden bilan Frantsiyaning Vatikandagi elchixonasidagi uchrashuvda prezidentlar mojaro oʻz yechimini topganiga ishora qilishdi. Bayden hech narsaga javob bermaydigan va qayerda ekanini uncha yaxshi tushunmaydigan keksa ojiz kishi rolini muvaffaqiyatli oʻynab berdi. “Men bilmasdim – deya toʻngʻillab qoʻydi muxbirning savoliga. – Oʻyladimki, Frantsiyani (AUKUS tuzish borasida) xabardor qilishgan...” Prezident Makrondan hech qanday uzr soʻralmadi. Matbuot anjumanidagi videodan u qanday dargʻazabligi, oʻzini zoʻrgʻa tutib turganini koʻrish mumkin.
Flag Frantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Dunyoda
Frantsiya ilk bor AQSH va Avstraliyadan oʻz elchilarini chaqirib olmoqda
AQSH prezidenti Yevropani energiya bilan taʼminlash kabi bunday oddiy boʻlmagan masalani ham qoʻl uchida hal qilishga urindi. Merkelga “Ukrainani qoʻllab-quvvatlash” koʻrsatmasi berilgandi. Gap shundaki, gaz quvurisiz bu hudud umuman dastagi boʻlmagan chamadonga aylandi. Amerikaliklar va yevropaliklar uni bir-biriga tiqishtirishmoqda va u bilan nima qilishni bilishmayapti.
Sentyabrda AQSH va Germaniya yetakchilari bitim tuzganday boʻlishdi. Merkel (yoki uni kantsler lavozimida oʻrnini almashtiruvchi) Rossiyadan u Ukrainani 2034 yilgacha gaz bilan taʼminlashiga erishadi. Buning evaziga amerikaliklar nemislarga “Shimoliy oqim-2”dan gaz olishga ruxsat berishadi. Mana bizga bir paytlar “erkin bozor” deganlari.
AQSH prezidentining Rimda gʻarb yetakchilari bilan uchrashuvi amerika tashqi siyosatining asosiy muammosini koʻrsatdi. Shtatlar boshqa mamlakatlarga turli kelishuvlar, bitimlar, shartnomalar, konventsiyalarni zoʻrlab oʻtkazishmoqda.
Soʻnggi yillarda AQShning kelishuvlarni bajarmasligidan hatto eng yaqin va ishonchli ittifoqdoshlar jabr koʻrishmoqda. 2015 yilda Vashington Eron yadro dasturi bitimni qoʻllab-quvvatladi, 2018 yilda undan chiqdi. Hozir yana muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi. Iqlim boʻyicha Parij bitimi ham shu qatoridan. 2015 yilda AQSH unga qoʻshildi, 2020 yilda chiqdi, 2021 yilda yana qoʻshildi.
Belыy dom. Vashington - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Dunyoda
AQSH iqlim boʻyicha sammitni chaqirmoqda - taklif etilgan davlatlar "labbay" deb javob berdi
Bunday bitimlarga qoʻshilgan mamlakatlar halollik bilan oʻz majburiyatlarini bajarishmoqda. Masalan, sanoat ishlab chiqarishlarni tozalashmoqda, uglerod tashlanmalarini qisqartirishyapti. Aytgancha, ularni qisqartirish tezligi boʻyicha Rossiya jahon chempioni. Shtatlar esa dunyodagi eng yirik karbonat angidrid (CO2)ishlab chiqaruvchisi – faqat global iqlim isishi haqida bong urishni bilishadi, oʻzlari esa hech qanday energetik oʻtishni amalga oshirishni xayollariga ham keltirishmayapti.
Yevropalik ittifoqdoshlar oʻz uylarida sovqotaverishsin, benzin uchun navbatlarda turaverishsin, ocharchilikning real tahdidiga duch kelishaverishsin. Amerikada esa hech narsa boʻlmagandek neft qazib olishmoqda, gaz qazib chiqarib, foyda koʻrishmoqda. Vashington moʻʼjizali tarzda oʻzga qoʻllar bilan global iqlim isishiga qarshi kurashmoqda. Shtatlar hech qanday uglerod soligʻini joriy etishmadi: buni yevropaliklarni qilishga majburlash foydaliroqda.
Agarda qaramlari nolishga jurʼat etishsa, toʻgʻridan-toʻgʻri tahdidlar ishga solinadi. Aynan Baydenning Yevropaga tashrifi arafasida Financial Times gazetasi allaqanday ismi oshkor qilinmagan yevropalik manbalarning YEI mamlakatlari AQShdan hecham birinchi yadro zarbasi kontseptsiyasidan voz kechmaslikni soʻrashayotgani haqidagi fikrlarini chop qildi. Yevropaliklar Amerikaning yadro soyabonisiz yashay olishmadi-ku. Soyabon kimdan himoyalaydi? Rossiya va Xitoydanda albatta.
Koronavirus pandemiyasi, albatta, prezident Putin va XXR yetakchisi Si Tszinpinning “Yigirmatalik” va Glazgodagi iqlim sammiti uchrashuviga bormaslik qaroriga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Ammo undan ham muhimrogʻi gʻarb hamkorlarining kelishuvlarni bajara olmaslik qobiliyati. Xoʻsh, biz yangi bitimlarni imzolaymiz, xoʻsh, ularni sitqidildan bajarishni boshlaymiz, keyin koʻramizki, yetakchi Yevropa mamlakatlaridan bundan qoʻlini yuvub qoʻltigʻiga urgan boʻladi, Vashington esa bundan xabarim yoʻq deb turib oladi. Va shunday boʻladiki, bu barcha kelishuvlarning asosiy foydani amerikaliklar olyapti, yevropaliklarga ham biror bir narsa ilinadi. Rossiyani esa har doimgidek haq toʻlash va pushaymon boʻlishga majburlashga urinishadi.
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Kolumnistlar
Yevropa gaz bozori uchun jangda AQSH Rossiyaga yutqazdi
Rimdagi “Yigirmatalik” uchrashuvi sekinlik bilan Glazgoda endigina boshlangan iqlim sammitiga ulanib ketadi. Jo Bayden u yerga iqlim isishiga qarshi yangi amerikacha siyosatni olib borgan. U Foreign Affairs jurnalida batafsil bayon qilingan. Uning mazmuni shundaki, suveren davlatlar endi umuman kerak emas, chunki ularning hukumatlari “iqlim halokatini” yenga olishmaydi. Shu bois dunyo hukumatini tuzish kerak. Uni amerikaliklar sugʻorib turishadi, ammo ayrim lavozimlarni yevropalik ittifoqdoshlar uchun asrab qoʻyishadi, avvalo Britaniya uchun. Amerikaliklarning vaʼdalarga bisyor kashfiyotlari “davlatlarning zaxiralari uning milliy boyligi emas, ular butun dunyoga tegishli” ekanidan iborat. Agar suveren davlat oʻzining tabiiy boyliklaridan notoʻgʻri foydalansa, u xorijiy bosqinchilikka loyiq – rostdan ham u yerda bu soʻzlar yozilgan.
Yangi amerikacha iqlim siyosati ajibligi nimada? U ekologiyaga oid turli xalqaro bitimlarni imzolagan barcha davlatlarga taalluqli.
Iqlim kun tartibidagi barcha mavzular amerikaliklar oʻzlarining yevropalik tobelariga Rossiya va Xitoyni tunashda ishtirok etishni taklif etayotganiga borib taqaladi. Bu energetikaga oʻtish uchun badal kabi boʻladi. Xitoyni boj va tariflarga tortishadi, Rossiyani ham. Boz ustiga bizning zaxiralarimiz bor. Endi maʼlum boʻlishicha, ular bizniki emas ekan. Ular shunchalik koʻpki, bu bizga ular uchun haqiqiy urushni olib borishimiz kerakligi tahdidini soladi.
Albatta, bu siyosatni amalga oshirish uchun na AQSH na Yevropaning dastigi bor. Putin va Si Tszinpinning Rimda va Glazgoda boʻlmaganligi yaxshigiga signal boʻldi. Ularning bu quruq gapbozlik istiqbolga ega emas.
Ehtimol, “Jillning eriga” u butun dunyoni boshqarayotgandek boʻlib tuyular. Ehtimol, u hatto koinotni ham boshqaryapman deb oʻylaydi. Ammo sammitlar tugab, Bayden ketgandan keyin yevropaliklarning real hayotga qaytishlariga toʻgʻri keladi.
Ugol - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Analitika
Rossiya yoqilgʻisi Yevropaga nega bunchalik qimmatga tushmoqda
U yerda Rossiya va Xitoy bilan yangicha halol va oʻzaro foydali munosabatlarni yoʻlga qoʻyishlari lozim boʻladi. Vashingtondan yangrayotgan doʻq-poʻpisalarni koʻpincha eʼtiborsiz qoldirish kerak boʻladi. Oson emas albatta, biroq odatlanish fursati yetdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala