Baliqlar uchun xellouin - video

Obuna bo‘lish
Moskva katta akvariumidagi Amazonka arapaymalari xellouin bayramida ajoyib tomosha va mazali yegulik bilan siylandi.
Moskvadagia VDNX bog‘ida joylashgan "Moskvarium"da baliqlar uchun xellouin bayrami uyushtirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"G‘avvos yonib turuvchi oshqovoq bilan suv ostiga sho‘ng‘ib, amazonka baliqlari uchun raqs ijro etdi. Baliqlar dastlab uni ehtiyotkorlik bilan kuzatishdi, g‘avvos baliqlarga har doim ovqat beradigan kishi ekanini bilganidan so‘ng, yaqinroq suzib kelishdi. Mukofotga ularga oshqovoq ichidan mazali yeguliq olishdi", - deyilgan xabarda.
Afsuski ushbu tomoshani baliqlardan boshqa hech kim kuzata olmadi, chunki Moskva katta avkvarium 28-oktabrdan 7-noyabrgacha yopilgan. Moskvada ushbu snalarda umumiy "lokdaun" joriy etilgan bo‘lib oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari barcha magazin va ko‘ngilochar muassasalar yopilgan.
Yangiliklar lentasi
0